Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar

Yangiliklar

Yangiliklar 13.05.2019 15:36

Taklifnoma 2019

Sizni, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinfarmatika markazida 2019 yil 16 may kuni bo’lib o’tadigan “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz.




Yangiliklar 08.05.2019 17:00

1xq

“9-may Xotira va Qadrlash kuni”ga bag’ishlangan bayramona tadbir

2019 yil 8-may kuni “9-may Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan markazda bayram tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda
“Genomika va bioinformatika markazi” ilmiy ishlar bo’yicha direkor o’rinbosari Bo’riev Zabardast Tojibaevich so’zga chiqib, barcha xodimlarni va ularning yaqinlarini bayram bilan tabrikladi. Ushbu jamoa yig’ilishida “9-may Xotira va Qadrlash kuni”ga bag’ishlangan ma'ruzani Ishlab chiqarishga tadbiq etish va tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i Nortojiev Bobosher Sheralievich o’qib eshittirdi




Yangiliklar 07.05.2019 11:33

photo_2019-05-05_09-09-01

Xatirchida Аmir Temur davridan beri yetishtirib kelinayotgan 1000 tup ko’chat ekildi
Shavkat Mirziyoev 2018 yil mart oyida Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi chog’ida Xatirchi tumani tokzorlarida yetishtirib kelinayotgan uzum navlarini genetik tahlil qilish bo’yicha ko’rsatma bergandi. Bu haqda «Daryo»ga Genomika va bioinformatika markazi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Batafsil ma`lumot uchun:
daryo.uz
www.xabar.uz




Yangiliklar 02.05.2019 17:04


TUG’ILGАN KUNINGIZ BILАN TАBRIKLАYMIZ, Novikov Viktor Аlekseevich!

Xurmatli Novikov Viktor Аlekseevich, Sizni tug’ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz!  Sizga uzoq umr,sihat-salomatlik, farovonlik va barcha ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!




Yangiliklar 18.04.2019 17:37

ven zab

Markaz tavalludiga bag'ishlangan Ilmiy Kengashning tantanali yig'ilishi!

2019 yil 18 aprelda Markazning tashkil etilganining 7 yilligiga bag'ishlangan Ilmiy Kengashning tantanali majlisi bo'lib o'tdi.
Kirish so’zi bilan Markaz ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, biologiya fanlari doktori Z.Buriyev so'zga chiqib, Markaz tarixi, uning tashkil etilishi va rivojlanishida muhim rol o'ynagan xodimlar haqida va ilmiy yutuqlar haqida  so'zlab berdi. 




Yangiliklar 08.04.2019 17:58

Corallicolids

Xlorofill ishlab chiqaradigan, ammo fotosintezda qatnashmaydigan birinchi organizm kashf etildi.

O'ziga xos organizmni, hozirgi kunda olimlar corallicolid (corallicolid) deb nomlashdi. Bu organizm marjon ichida yashab, xlorofill ishlab chiqaradi, lekin  fotosintez qilmaydi. Nima uchun bu pigmentga ehtiyoji borligi hali noaniq. Tadqiqotlar Britan Kolumbiya Universitetining (Kanada) veb-saytida paydo bo'ldi, marjon parazitining batafsil tavsifi "Nature" jurnalida berilgan.

Batafsil ma`lumot uchun:
http://sci-dig.ru




Yangiliklar 04.04.2019 17:00

фото Абдукаримов для иммунитета

TABRIKLAYMIZ!!!

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Abdusattor Abdukarimovning tug'ilgan kuni, 77-yilligi bilan tabriklaymiz!
Genomika va Bioinformatika markazining barcha xodimlari Sizga, sog'liq, baxt-saodat, uzoq umr, oilaviy tinchlik va farovonlik tilaydi. Hamisha baxtimizga sog’ va omon bo’ling aziz Ustoz.




Yangiliklar 27.03.2019 17:22

photo_2019-03-27_17-07-25

Joriy yilning 20 mart kuni Namangan vil. Chust tumaniga qarashli 30 orta maktabda "Tasavvurimdagi qishlog'im" mavzusida rasmlar tanlovi bolib otdi. Ushbu tanlov akademik shogirdi yol xaritasiga asosan akademik Ibrohim Abdurahmonovning shogirdi Mirzakamol Ayubov tomonidan tashkillshtirildi.
Tanlovda turli yoshdagi o’nga yaqin havaskor rassom o’quvchilar ishtirok etishdi.




Yangiliklar 18.03.2019 19:04

Buxoro 3

Markaz olimlari tomonidan Buxoro viloyati fermerlariga "Porloq-2" g’o’za navlarini yetishtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.

2019 yil 6-7 mart kunlari markazning kichik ilmiy xodimi N.N. Xusenov Urug’chilikni rivojlantirish markazi Buxoro hududiy boshqarmasi hamda Buxoro vilayat hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan “Urug’chilik fermer xo’jaliklari” rahbarlariga g’o’za navlari agrotexnik tadbirlarini to’g’ri qo’llash bo’yicha seminarda ishtirok etishib, markazda yaratilgan “Poloq-2” g’o’za navi xususiyatlari hamda nav agrotexnik tadbirlari bo’yicha fermer xo’jaliklari rahbarlariga ma'lumot berishdi.




Yangiliklar 18.03.2019 18:01

IMG_20190313_190756

Markaz olimlari tomonidan Jizzax viloyati fermerlariga "Porloq-1" g’o’za navlarini yetishtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi

2019 yil 6, 12 va 13-mart kunlari markazning ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Zabardast Bo‘riyev, Markerlarga asoslangan selektsiya laboratoriyasi mudiri Ozod To‘rayev, Personallashtirilgan qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig'i Muxtor Damanovlar Urug‘chilikni rivojlantirish markazi Jizzax xududiy boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Urug‘chilik fermer xo‘jaliklari” rahbarlariga g‘o‘za navlari agrotexnik tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish va qo'llash bo‘yicha seminarda ishtirok etishdi.




Yangiliklar 18.03.2019 17:51

213

Markaz olimlari tomonidan Toshkent viloyati fermerlariga Porloq g’o’za navlarini yetishtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.

2019 yilning 28 fevral kuni Toshkent viloyatida Porloq navlarini ekilishi rejalashtirilgan fermer ho’jaliklari rahbarlari hamda klasterlar agronomlari ishtirokida, Porloq navlarining xususiyalaridan kelib chiqib, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ko’rgazmali o’quv seminarlari o’tkazildi. Tadbirda Markazning ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, b.f.d. Z.T. Buriev,..




Yangiliklar 16.03.2019 17:03

18.02

Yaxshidan bog’ qolur

Genomika va bioinformatika markazi yosh olimlari tomonidan 2015 yilda Markazga qarashli “Maxsus urug’chilik xo’jaligi”da mo’jazgina bog’ tashkil etilgan edi. Ushbu bog’ bugunga kelib astoydil hosilga kirgan va xo’jalik xodimlari uchun o’zining sarhil mevalarini yetishtirib bermoqda. Asosiy qismi olmaning turli navlaridan tashkil topgan bog’ning xilma-xilligini oshirish, qolaversa, Navro’z oldi hasharida qatnashish maqsadida bugun erta tongdan yosh olimlarimiz yana yeng shimarib ishga kirishdilar.




Yangiliklar 11.03.2019 14:19

11

BIZNING TABRIKLARIMIZ!!

Oʻz R FA Genomika va bioinformatika markazi laboratoriya mudiri Ubaydullayeva Xurshida Abdullayevna  “Shuhrat” medali bilan mukofotlanganligi  munosabati bilan chin kalbimizdan  tabriklaymiz!!   Ushbu mukofot 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida topshirilgan.

Batafsil ma`lumot uchun:
uza.uz




Yangiliklar 27.02.2019 15:17

photo_2019-02-27_14-46-13.2

«O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi». 

Toshkent shahridagi Inha universitetida O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan tashkil etilgan «O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II respublika tanlovi g’olibalarini taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi.

Batafsil ma`lumot uchun:
www.xabar.uz




Yangiliklar 20.02.2019 17:15

 99  

O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 18-19 fevralь kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan «O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. 




Pages: Birinchi Oldingi ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... Keyingi Oxirgi
Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена