O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 18-19 fevralь kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi va O’zbekiston ixtirochi ayollari markazi tomonidan «O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» II Respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlov doirasida ishtirokchilarning ishlanmalari, maket va innovatsion mahsulotlari bo’yicha ko’rgazma tashkil qilindi.Tanlov doirasida ishtirokchilarning ishlanmalari, maket va innovatsion mahsulotlari bo’yicha ko’rgazma tashkil qilindi.
Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlov g’olibi sifatida tanlab olinadi.Tanlovda Genomika va bioinformatika markazidan ikkita ishtirokchi Ubaydullaeva Xurshida Аbdullaevna “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi va Babadjanova Feruza Ikramovna “Eng samarali innovatsion loyiha” nominatsiyasi bo’yicha ishtirok etdi va tanlov xayati tomonidan ularning ishlanmalari va taqdimotlari yuqori baholandi. Tanlovning taqdirlash marosimi joriy yilning 26 fevralь kuni Toshkentdagi INXА universitetida bulib o’tadi.