Genomika va Bioinformatika markazi
Tashkil etilgan yili: O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Genom texnologiyalari markazi asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasini 2012 yil 18 apreldagi №10/2, 70, 49-sonli qo‘shma buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 20 apreldagi 72-sonli bayoni qarori bilan tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasini 2015 yil 31 dekabrdagi №14/2, 20, 11-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan Markaz faqat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga kiradi. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish va genomika va bioinformatikani O‘zbekistonda yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 10 fevraldagi PQ-2769-son qaror chiqdi.
Ilmiy izlanishlarning asosiy yo‘nalishlari:
- qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklar, xayvonlar va mikroorganizmalar genomlari strukturasini o‘rganish, xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan qimmatbaho genlar funksiyasini bioinformatik tahlillarini o‘tkazish;
- turli xil genetik yo‘llarga kiruvchi yangi oqsillar va fermentlar, birlamchi va ikkilamchi metabolitlarni o‘rganish va ular asosida gen-injenerligi texnologiyalarini yaratish;
- gen-injenerligi va transgenom texnologiyalarini yaratish;
- gen va xujayra injenerligi, markerlarga asoslangan seleksiya, genom va virtual seleksiya dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida stress omillariga chidamli bo‘lgan yangi yuqori sifatli “genetik boyitilgan” qishloq xo‘jaligi o‘simliklari navlari va xayvonlar zotlarini yaratish;
- genetik o‘zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlarini test qilish va sertifikatsiyalash;
- genetik o‘zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyatini koordinatsiya qilish va Respublikaga olib kirilayotgan genetik o‘zgartirilgan organizmlar va ularning mahsulotlarini birlamchi laboratoriya testlaridan o‘tkazish yo‘li bilan olib kirishga doir takliflar tayyorlash;
- gen injenerligi va markerlarga asoslangan seleksiya asosida yaratilgan o‘simliklar navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish va ularni rayonlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasini2015 yil 31 dekabrdagi“Genomika va bioinformatika markazining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” № 14/2, 20, 11-son qo‘shma buyrug‘i.
Ushbu buyruq bilan Markaz faqat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 10 fevraldagi PQ-2769-son qarori.
Qaror Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va O‘zbekistonda Genomika va bioinformatika sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu qaror bilan zamonaviy uskuna, reagentlar va materiallar sotib olish uchun Markazga qator imtiyozlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2769-sonli qarori