UzCard QR-kod orqali to'lov tizimini rivojlantirmoqda. Yagona umumrespublika prosessing markazi mutaxassislarining malum kilishcha, yangilikni QR-kod orqali to'lov mexanizmini joriy qilgan savdo-servis korxonalarida amalda sinab ko'rish mumkin.Vazirlar Mahkamasining "2016-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorini ijro etish maqsadida, shuningdek, moliyaviy xizmatlarning onlayn-imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yagona umumrespublika prosessing markazi savdo terminalini ishlatmasdan, QR-kod orqali to'lov tizimini joriy etdi.Bu ishda bank to'lov kartasi smartfondagi dasturga biriktiriladi, so'ng ushbu dasturdan savdo nuqtalarida to'lovni amalga oshirish uchun ishlatiladi. To'lovning bunday turi barcha uchun oddiy plastik bank kartasiga nisbatan qulay. Masalan, sotuvchiga kartani qabul qilish uchun savdo terminali kerak bo'lmaydi. Xaridorda esa kartalar solingan hamyondan voz kechish imkoniyati paydo bo'ladi – uni smartfon almashtiradi. Shuningdek, karta ma'lumotlari xavfsizligi ham ortadi: kartani sotuvchiga berish yoki undagi ma'lumotlarni Internetdagi saytlarda kiritish kerak bo'lmaydi.