MARKAZ ISSIQXONASI
Biologiya fanlarining yangi yo'nalishlaridan biri bo'lgan "genlar injenerligi" jadal suratlarda rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Hozirda o'simlik genlarning inson manfaatlarini ko'zlagan holda, maqsadli tarzda o'zgartirilishi, ularning faoliyatini kuchaytirish va susaytirish, bir organizmdan ikkinchisiga ko'chirib o'tkazish, hamda almashtirish va hattoki "o'chirib" qo'yish kabi ilg'or uslublar keng joriy bo'lmoqda.
Ana shunday gen-injenerligi tadqiqotlari asosida yaratilgan yangi navlarni ishlab chiqish, boshlang'ich materiallarni o'z vaqtida ko'paytirish, sinash va tajriba xo'jaligiga jadal sur'atlarda olib kirishni samarali tashkil etish uchun markaz hududida issiqxona barpo etilgan.
Issiqxona eng zamonaviy asbob uskunalar bilan jihozlangan. Bu erda tomchilatib sug'orish tizimi, avtomatik boshqaruv pulti mavjud.
Issiqxonada sinovdan o'tkazilib, ekologik xafsizligi chuqur o'rganilgan, genetik jihatdan turg'unlashtirilgan yangi "geni o'zgartirilgan navlar" xalq salomatligi va iqtisodiy barqarorligini kafolatidir.