Laboratoriyaning asosiy maqsadi:
O`simliklar chidamliligi genomikasi laboratoriyasining asosiy maqsadi fitopatogen fonni o’rganish, o’ta zararli kasalliklar va ularning qo’zg’atuvchilarini baholash va tezkor ravishda aniqlash uslublari, qimmatbaho qishloq xo’jalik ekinlarining abiotic omillarga chidamliligiga javob beruvchi genlarni aniqlash hisoblanadi.
O`simliklar chidamliligi genomikasi laboratoriyasining maqsad va vazifalari
Laboratoriyaning maqsadi Genomika va bioinformatika markazini (GBM) o`simliklar chidamliligi genomikasi sohasida regional va halqaro darajada peshqadamlikka chiqarish va nufuzini ko’tarish.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, quyidagi vazafalarni amalga oshirish lozim:
Ilmiy yo'nalishi
- Abiotik va biotik omillarga chidamlilik uchun javob beruvchi yangi genlarni kartalashtirish;
- Qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlarini genetik kartalarining marker regionlarida genlarni annotatsiya qilish. Genetik kartalarda anonim mikrosatellit va boshqa turdagi markerlarni genlarni belgilangan regionlarda aniqlash orqali funksional markerlarga aylantirish;
- Qurg'oqchilikka chidamlilik uchun javob beruvchi genlarni qidirish va o'rganish (DREB, NAC);
- Sho’rxoklikka chidamlilik uchun javob beruvchi genlarni qidirish va o'rganish (SOS, NHX).
- Bu genlarning tuzilishi va ularning boshqaruv elemenlarini aniqlash. Genlar bilan manipulyatsiya qilish orqali yangi innovatsiyalar ishlab chiqarish maqsadida genlarni qiyosiy tahlil etib muhim elementlarni aniqlash;
- Genlar va ularning tuzilmasi haqida olingan ma’lumotlar kelajakda Markazning laboratoriyalarida o’simliklarning yangi tajribaviy liniyalarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi;
- Patogenlarni aniqlashni turli xil molekulyar uslublarini ishlab chiqarish (ASPCR, SNP, SCAR, LAMP);
- Respublikaning fitopatogen foni skriningini tashkil etish, g’o’za va bug’doyga ta’sir o’tkazuvchi fitopatogenlar to’plamini yaratish;
- Fusariumning monosporali izolyatlarining kolleksiyasini yaratish, patogenlik darajasini aniqlash va g’o’za hamda bug’doyni zararlaydigan patogenlar DNK ning ma’lumotlar bazasini yaratish;
- Qishloq xo'jaligi ekinlarida patogenlarga chidamli genlarni qidirish va o'rganish.