Genomika va bioinformatika markazi doktorantura, tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchilikka va mustaqil izlanuvchilikka 2022 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha
QABUL E’LON QILINADI:
№ |
Ixtisoslik shifri |
Ixtisoslik nomi |
Qabul kvotasi |
Doktorantura |
|||
1 |
03.00.14 |
Genomika, proteomika, bioinformatika |
- |
Tayanch doktorantura |
|||
1 |
03.00.14 |
Genomika, proteomika, bioinformatika |
3 |
|
|
Stajyor tadqiqotchi |
|
1 |
03.00.14 |
Genomika, proteomika, bioinformatika |
2 |
|
|
Mustaqil izlanuvchi |
|
1 |
03.00.14 |
Genomika, proteomika, bioinformatika |
|
Qabul: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son "Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim to`g’risida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Tayanch doktorantura va Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2021-yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
- chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
- mutaxassislik.
Tayanch doktorantura(PhD)ga kiruvchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nushasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistrlik diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yhati va ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari uchun tegishli hujjat nusxasi.
Mustaqil tadqiqotchi-izlanuvchilikka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- ish joyidan tavsifnoma;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.
Izoh:
Hujjatlar Genomika va bioinformatika markazi Doktorantura bo‘limiga topshiriladi.
Xujjatlar 2021 yilning 15 sentyabridan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Talabgorlar: http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti orqali ro`yxatdan o`tadilar
Ma’lumot uchun tel: (71) 260-51-78; (97) 490-50-78