Ushbu bo'limda olib boriladigan tadqiqotlar, qishloq xo'jaligi ekinlarini etishtirishda kompleks yondashuvni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv bilan har bir qishloq xo'jalik ekinlarining genotipi tuproq-iqlim sharoitlari, harorat va suv rejimlari, o'g'itlarga bo'lgan talabi, turli xil biologik va kimyoviy ta'sirlarga javob reaktsiyasi kabi omillarii o'rganiladi. O'ziga xos genotiplar uchun yuqoridagi barcha ta'sirlarni inobatga olgan holda, ekinlarni etishtirish va monitoring qilish texnologiyalari ishlab chiqiladi.
Personallashtirilgan qishloq xo'jaligi kontsepsiyasini tadbiq etish, resurslarni tejash, atrof-muhitning ifloslanish darajasini sezilarli darajada kamaytirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini va inson mehnatidan foydalanishni sezilarli darajada kamaytirish, hosildorlikni maksimal darajada oshirish imkonini beradi.
Zamonaviy "omiks" texnologiyalarining usullari va yondashuvlari genetik xilma-xillik muammosini hal qilish va muayyan genotiplarning muayyan tuproq va iqlim sharoitlariga mosligini aniqlash, bu borada Genomika, transkriptomika, proteomika va metabolomikada keng qo'llaniladi.
Shu bilan birga, zamonaviy biotexnologik yondashuvlar shuningdek markerlarga asoslangan selektsiya usullarini qo'llash orqali turli xil xususiyatlarni birlashtirib zararkunandalar va gerbitsidlarga chidamli, atrof muhitga salbiy tasir etkazmaydigan, hosildor va boshqa iqtisodiy jihatdan foydali turli ekinlar yaratiladi.
Genotiplarning yaxshi atrof muhit sharoitlariga moslashuv darajasini aniqlash va kompleks o'g'itlar, biostimulyatorlar, gerbitsid va pestisidlarning tasirini transkriptomika, proteomika va metabolomika usullarini qo'llash orqali tahlil qilish mumkin.