Laboratoriya missiyasi
Laboratoriya missiyasi O'zbekistonda biologiyaning barcha tarmoqlarida zamonaviy ilmiy yo'nalishlarini rivojlantiruvchi va mamlkatning ilmiy-texnik bazasini xalqaro darajadagi o'rnini mustahkamlovchi strukturaviy va funktsional genomika maktabini yaratishdan iborat.
Kontseptsiyani maqsad va vazifalari
Laboratoriya kontseptsiyasining asosiy maqsadi O'zbekistonda so'nggi avlod sekvinatorlari yordamida muhim organizmlar genomini tadqiq etish, genomdagi genlar strukturasini aniqlash va ularni funktsiyasini bir necha metodlar yordamida o'rganish, shuningdek, dunyo darajasidagi malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur bo'ladi.
- Laboratoriyani zamonaviy uskunalar bilan jihozlash;
- Tadqiqot ishlarini olib borish uchun qulay sharoit yaratish;
- O'zbekiston qishloq xo'jaligida muhim o'rin tutadigan qishloq xo'jaligi ekinlari ustida tadqiqot olib borish;
- G'o'za, bug'doy va kartoshka genomlari sekvensi bo'yicha halqaro loyihalarda hamkorlikda ishlash;
- Virtual organizm yaratish loyihalarida ishtirok etish;
- Qishloq xo'jaligi ekinlarini hosildorligi, kasalliklarga, qurg'oqchilik va sho'rlanishga chidamliligini oshiruvchi genlarga gen nakout texnologiyasi va overekspressiya yo'llari bilan konstruktsiyalar tuzish;
- Poligen ta'sir etuvchi gen-nakout konstruktsiyalarini yaratish;
- Laboratoriya tadqiqotlariga rux barmoqchalari (Zinc Finger), TALLEN va CRISPR texnologiyalarini olib kelish;
- Hayvonlar genomikasi yo'nalashida Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institutlari va boshqa muassasalar bilan hamkorlik o'rnatish;
- RNK transkriptom sekvensi yordamida turli belgilar bo'yicha genlar kutubxonasini yaratish;
- Davlat va halqaro intelektual mulk idoralarida ixtirolarni patenti bilan shug'illanish;
- Doimiy ravishda halqaro ilmiy konferentsiyalarda ishtirok etish va ilmiy hamkorlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish;
- Zamonaviy biologiya kontseptsiyalari ustida olib boriladigan tadqiqotlarni darslik sifatida chop etish.