Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Qiziqarli ma'lumotlar/Bilib qo'ygan yahshi

Bilib qo'ygan yahshi

Shifobaxsh asalni kuniga tanovul qilishning 6 foydasini bilasizmi...

асал

Asal qadim zamonlardan inson tanasi uchun eng foydali mahsulotlardan biri hisoblangan. Tarkibida zaruriy fermentlarning yuqori miqdori va tabiiy asalning qarishni sekinlashtirish qobiliyati, shifobaxsh xususiyatlari uni supertaom sifatida qadrlanishiga asos bo'lgan. Hozirda, bizlar ajdodlarimiz rioya qilgan tabiiy ovqatlanish qoidalarini tiklashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, har kuni asal (albatta tabiiysini) iste'mol qilishni kundalik hayotingizga joriy qila olsangiz, qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi borasida ma'lumotlarni taqdim etamiz.Teringiz tozalanadi. Asal tabiiy antioksidant hisoblangani bois, tananing ortiqcha toksinlardan xoli bo'lishiga yordam beradi. U o'zining antibakterial xususiyatlariga ko'ra, teringizni soflashtiradi va tiniqlashtiradi. Vazn tashlashni istaganlar ham asal tanovulini hayotlariga tatbiq etishlari mumkin. Asaldagi shakar, bizlar iste'mol qiluvchi oq shakar yoki qanddan farq qiladi. Shunday ekan, shokolad yoki shirin gazli ichimliklar o'rniga asal eyishga o'rganing. Natijasini tezda payqaysiz.Qon tarkibidagi shakar miqdorini kamaytiradi. Asal haqiqatdan ham katta miqdorda shakarga ega. Ammo, fruktoza va glyukozaning ajoyib mutanosibligi sababli, inson tanasi qondagi shakar miqdorini mustaqil ravishda boshqara oladi. Bu hali hammasi emas. Bunga qo'shimcha ravishda, tanadagi xolesterin miqdori kamayadi. Asaldagi flavonoidlar (inson tanasiga taom tarkibida tushib, ko'plab fermentlar faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shu sababli xalq va rasmiy tabobatda keng qo'llaniladi) va antioksidantlar yurak-qon kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, asal xolesterinning oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi, shu bilan insultga uchrash ehtimolini jiddiy ravishda kamaytiradi. Asalni iliq suvga aralashtirib iste'mol qilish ovqat hazm qilish tizimidagi toksinlar va zararli chiqindilarni yuvishning eng samarali usulidir. Bu esa uy sharoitida tanani tozalashning eng arzon va oddiy yo'lidir. Asal inson immuntizimiga ajoyib ta'sir ko'rsatishi bilan ham o'ziga xosdir. Asosiysi, bunda siz sof, organik (tabiiy), vitamin va minerallar, fermentlarga boy asalni xarid qiling. U sizni ko'plab salbiy bakteriyalardan asrashiga kafolat beramiz.

Suv qaerda issiqroq?

     Suv qaerda issiqroq bo'ladi – daryodami, dengizdami yoki okenlardami? Suv sirtining harorati havzaning geografik joylashuvi, iqlim sharoiti va havo oqimlariga bog'liq. Okean va dengiz suvlari haroratiga havza osti relefi va chuchuk suvlarning quyilishi ham ta'sir etadi. Chuqur joylarga nisbatan sohillar va sayoz joylarda suv issiqroq bo'ladi.
     Okean va dengizlar suvining harorati Shimoliy yarimsharda balandroq. Suv sirtining nisbatan yuqori harorati Meksika ko'rfazi, Florida bo'g'ozi va qizil dengizning Janubiy qismida kuzatiladi. Bu erlarda suv harorati avgust oyida 32,8 °S gacha ko'tariladi. Bu oyda qizil dengiz suvining harorati boshqa joylardagiga qaraganda eng ko'p davr mobaynida saqlanib qoladi.
     Kaspiy dengizida eng issiq harorat 37,2 °S bo'lsa, Orol dengizida bu ko'rsatkich 32,4 °S ga etadi. Azov dengizida suv sirti 32 °S, qora dengiz va Yapon dengizida 31,2 °S, Oxota dengizida 25,9 °S, bering dengizida esa 22,2 °S gacha isishi mumkin.
     Daryolar, ayniqsa kichik daryolar suvining haroratiga ular oqib o'tadigan joylarning iqlimi katta ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli daryolar suvining harorati okean va dengizlarnikidan yuqoriroq bo'ladi. Amudaryo irmoqlarida suv sathi harorati 45,2 °S ga etishi mumkin. Eng baland harorat bir kundagina kuzatiladi, biroq yuqori harorat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Amudaryo havzasida baland harorat ellik-oltmish kungacha o'zgarmay turishi mumkin.
     Suv sirti va ostidagi haroratning har xilligidan foydalanib, suvlardan issiqlik chiqarish va ularni elektr stantsiyalarida elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Shu xildagi ilk elektr stantsiyasi Afrikada, Kot D'Ivuarning Abidjan shahrida qurilgan. U o'n to'rt ming kilovatt quvvat bilan ishlaydi. Stantsiya sovuq suvni besh yuz metr chuqurlikdan oladi. Bu erda sirtqi va ostki suv haroratining farqi 10-15 daraja atrofida.
     Ochiq suv havzalarida harorat uncha baland emas, ularda suv pastroq haroratda ham bug'lanaveradi. Bunday tez qaynaydigan suvni maxsus katta qozonlarda siqib, bug'lantirish mumkin. Birinchi jahon urushi paytida Shveytsariyaga ko'mir olib kelinishi to'xtatiladi. Shunda mana shu usulda bug'hosil qilinib, shahar isitish tizimi ishga tushiriladi.

Odam haqida kutilmagan ma'lumotlar

Odamdagi DNK 80 000 gendan tarkib topgan.
O'rtacha umr davomida odam boshidan o'sib chiqadigan sochlarning uzunligi 725 kilometrga etadi.
Sarg'ish-malla odamlarning soqoli qoracha odamlarnikidan ko'ra tezroq o'sadi.
Gripp epidemiyasi 1918 – 1919 yillarda AQSh va evropalik 20 milliondan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.
Odamning barmoqlari o'rtacha umri davomida 25 million marta bukilib-yoziladi.
Odam tug'ilgan payt uning miyasida 14 milliard hujayra bo'ladi va bu o'lgunicha ko'paymaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin kuniga 100 mingdan kamayib boradi. Kitob o'qishga sarflangan 1 daqiqa vaqt 70 taga yaqin hujayrani o'ldiradi. 40 yoshdan keyin inqiroz jarayoni tezlashadi va miya engillashib, kichrayib boradi.
Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.
Odam tanasida yashovchi bakteriyalarning umumiy og'irligi 2 kilogrammga etadi.
Odamning bosh miyasida sekundiga 100 000 kimyoviy reaktsiya sodir bo'ladi.
Bola tug'ilganda tizzasining ko'zi bo'lmaydi, u 2-6 yoshda paydo bo'ladi.
Odam yuragining hajmi mushtumiga teng. Voyaga etgan odamning yuragi o'rtacha 220-260 gramm og'irlikka ega bo'ladi.
Odamda 2 million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40 foiz ko'proq ter chiqaradi.
Odam kuniga o'rtacha 23 000 marta nafas oladi yoki nafas chiqaradi.
Odam ko'zi 10 000 000 rang turini farqlay oladi.
Odam og'zida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.
Odamda 33 yoki 34 ta umurtqa suyagi bo'ladi.
Ayollar erkaklarga qaraganda taxminan 2 barobar ko'p ko'z ochib yumadi.
Odam tanasidagi eng mustahkam muskul – til.
Odam tanasida 2000 ta ta'm biluvchi sezgi organi bor.
Bola 300 ta suyak bilan tug'iladi, balog'atga etganda 206 tasigina qoladi, xolos.
Odam yuragi bir yilda taxminan 36 800 000 marta uradi.
Ko'k ko'zli odamlar boshqalarga qaraganda ko'proq kasalga chalinadilar.
Odam tanasi o'rtacha umri davomida 1000 marta o'zgaradi.
Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turdagi virus bor.
Kulgan payt 17 ta muskul "ishlaydi".
Balog'atga etgan odam tanasidagi nerv tolalari uzunligi o'rtacha 75 kilometrni tashkil etadi.
Odam tanasidagi issiqlikning 80 foizi boshidan chiqib ketadi.
Notanish ish bilan ilk bor shug'ullanish miyani rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Aqliy salohiyati o'zingizdan ustun bo'lgan odamlar bilan suhbatlashish ham    miya rivojiga tez ta'sir ko'rsatadi. Miya xuddi muskullar singari qancha ko'p ishlasa, shuncha ko'p o'sadi.
Bitta odamning tanasida butun er yuzidagi odamlardan ko'proq tirik organizm yashaydi.
Burun insonning butun umri davomida kattalashadi.
Bir dona soch 3 kg gacha yuk ko'tarishi mumkin.

Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена