Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

MAS navlari

Markerlarga asoslangan seleksiya laboratoriyasi 2012 yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan qisqa vaqt ichida ilk bor g‘o‘zada markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) texnologiyasi (“genom seleksiyasi”, “DNK-markerlar texnologiyasi”)ni qo‘llab tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan ertapishar Ravnaq-1, Ravnaq-2, Baraka, Sahovat va Tafakkur g‘o‘za navlari yaratildi. Ravnaq-1 va Ravnaq-2 navlariga mualliflik patenti olindi.

Ravnaq-1 g‘o‘za navi patenti № NAP 00228, 30.08.2019 y.

Ravnaq-2 g‘o‘za navi patenti № NAP 00229, 30.08.2019 y.

Barka g‘o‘za naviga patent olish uchun bildirish xati № NAP 20160016, 29.11.2016 y.

Tafakkur g‘o‘za naviga patent olish uchun bildirish xati № NAP 20170014, 28.09.2017 y.

Sahovat g‘o‘za naviga patent olish uchun bildirish xati № NAP 20170015, 28.09.2017 y.

Рисунок1.pngРисунок2Рисунок3Рисунок4 Рисунок5  

 Markerlarga asoslangan seleksiya texnologiyalarining g‘o‘za tadqiqotlarida qo‘llanilishi

An'anaviy seleksiya usullarini qo‘llab yangi g‘o‘za navlarini yaratish mashaqqatli mehnat, uzoq vaqt va ortiqcha resurs talab etadi. Shuningdek, ko‘p miqdorda populyasiyalar yaratish, duragaylarni 9-10 avlodgacha yetkazish, tashqi muhit omillarining salbiy ta'siri tufayli tanlovning murakkablashishi, aksariyat holatlarda belgi bo‘yicha tanlov olib borish uchun o‘simlik ontogenezining so‘nggi bosqichigacha kutish kerakligi hamda ahamiyatli genlarni bir genotipga jamlashning murakkabligi kabilardir. Bunday hollarda seleksiya jarayoni 20-25 yilgacha cho‘zilishi amalda isbotlangan.
   Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishda an'anaviy seleksiya usullarini genom-texnologiyalari va molekulyar seleksiya usullari bilan boyitish muhim ahamiyatga ega.
   Markaz olimlarining g‘o‘za genomini molekulyar tadqiq etishga qaratilgan tadqiqotlari natijasida so‘ngi 15 yilda qator ilmiy yutuqlarga erishildi hamda natijalar xalqaro nufuzli jurnallarda chop etildi. Xususan, 2008 yilda dunyoda birinchi marta o‘rta tolali g‘o‘za (Gossypium hirsutum L.) germoplazmasidan foydalanib noteng birikkanlik (ingl. Linkage disequilibrium – LD)  asosida Assosiativ kartalashtirish tadqiqoti amalga oshirildi. Natijada, g‘o‘zaning tola sifatini boshqarishda ishtirok etuvchi o‘nlab miqdoriy belgilar lokuslari (genlar) aniqlandi va markerlandi. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonda ilk bor DNK-markerlar texnologiyasi platformasini yaratish imkonini berdi. 
   Shunday qilib, O‘zbekistonda 2009 yilda genomida tola sifatiga aloqador DNK-markerlari mavjud bo‘lgan donor genotiplari asosida markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) texnologiyasining ilk amaliy tadbiqi boshlandi. Qisqa vaqt ichida, ya'ni 2016 yilda tola sifati yuqori, hosildor va erta pishar bo‘lgan Ravnaq-1, Ravnaq-2 va Baraka ilk MAS g‘o‘za navlari yaratildi hamda ishlab chiqarishga tadbiq etila boshlandi. Shuningdek, DNK-markerlari asosida hosildorligi, tola sifati va chiqimi yuqori bo‘lgan ertapishar Tafakkur va Saxovat g‘o‘za navlari yaratildi. Tadqiqotlarning keyingi bosqichida markerlarga asoslangan genlarni piramidalash texnologiyasidan foydalanib, bir necha tola sifat belgilarini DNK-markerlari yordamida bir genotipga jamlash orqali yangi g‘o‘za navlarini yaratish borasida samarali yutuqlarga erishildi. Qolaversa, ushbu texnologiya asosida tola sifati, hosildorlik, vilt kasalliklari hamda g‘o‘zaning so‘ruvchi zararkunanda hasharotlariga chidamlilik xususiyatlarini bir genotipga genetik jamlash borasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
   G‘o‘za seleksiyasiga MAS texnologiyasini tadbiq etish uchun eng avvalo ishonchli DNK-markerlar aniqlangan bo‘lishi talab etiladi. Bugungi kunga kelib, qimmatli xo‘jalik belgilariga genetik bog‘langan DNK-markerlarini aniqlashning ko‘plab usul va yondashuvlari ishlab chiqilgan. Shular orasida uyali assosiativ kartalashtirish (UAK) usuli yuqori aniqlik va ishonchlilikka ega eng samarali usul ekanligi AQSh olimlari tomonidan makkajo‘xori o‘simligida o‘z isbotini topgan. Markaz olimlari tomonidan dunyoda birinchi bo‘lib g‘o‘zada yuqori aniqlikda genlarni kartalashtirishni amalga oshirish uchun ko‘p ota-ona genotipli 3000 dan ziyod rekombinant inbred liniyalardan iborat maxsus UAK populyasiyasi yaratildi. Kartalashtirish strategiyasiga muvofiq UAK populyasiyasi va ularning ota-ona genotiplari turli muhitlarda fenotipik baholash va ularni mikrosatellit DNK-markerlari yordamida genotiplash ishlari olib borilmoqda.
   Yangi avlod SNP (ingl. Single nucleotide polymorphism - yagona nukleotid polimorfizmi) markerlarining yaratilishi SNP-chip texnologiyasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. SNP-chip texnologiyasi bugungi kunda genlarni kartalashtirish sohasida qo‘llanilayotgan eng yuksak usullardan biri hisoblanadi. Hozirda, Markaz va AQSh olimlari hamkorligida g‘o‘zaning fuzarioz vilt kasalligiga chidamlilik genlarini aniqlashda SNP-chip texnologiyasini qo‘llash borasida molekulyar tadqiqotlar olib borilmoqdi.
   Markaz olimlari genomika, proteomika, molekulyar biologiya va bioinformatikaning eng so‘ngi yutuqlarini qo‘llagan holda tadqiqotlar olib borib, soha rivojiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена