2018 yil 14 mart kuni O'zR FA Genomika va bioinformatika markazida Toshkent farmatsevtika instituti (ToshFARMI) “Biotexnologiya” kafedrasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir Genomika va bioinformatika markazi va Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatining olti oy davom etgan uzoq tayyorgarlik ishlari bilan yakuni sifatida har ikki tashkilot uchun ham rivojlanishning yangi bosqichini belgilab beradi.
Filialning ochilishi natijasida ToshFARMI “Biotexnologiya” kafedrasi xodimlari va talabalari biotexnologiya, hujayra va gen-muhandisligi bo'yicha o'zlarining amaliy mashg'ulot, diplom va malakaviy ishlarini jahon ilmiy standartlariga javob beruvchi yuksak darajada bajarish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldilar. Bu esa farmatsevtika sanoatida mutaxassislarni tayyorlash sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, va o'z navbatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farmatsevtika tarmog'ini jadal rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” to'g'risidagi 2018 yil 14 fevraldagi №PP-3532 sonli qarori talablariga javob beradi.
Institutning o'quv ishlari bo'yicha prorektori tantanali yig'ilishda ta'kidlaganidek: “Kafedra filialining ochilishi talabalar (bakalavr va magistrlar)ni tayyorlashni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqadi va o'quv jarayonlarida ilg'or texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi”.
Shu bilan birga, kafedra filialining ochilishi O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, olimlarning to'plangan bilim va amaliy tajribalarni yoshlarga berish imkonini beradi. Shu tarzda, fan va ta'limning yaqin integratsiyasi ta'minlanadi. Bu Markazda boshlangan dorivor o'simliklar bo'yicha ilmiy ishlanmalar mavzusini kengaytirish orqali Markazga ilmiy tadqiqot yo'nalishlarini sezilarli darajada diversifikatsiya qilishga imkon beradi. Tantanali yig'ilishda Genomika va bioinformatika markazi direktori, akademik I.Yu. Abduraxmonov ta'kidlaganidek: “Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan fan va innovatsiion texnologiyalarga katta e'tibor qaratmoqda. Ma'lumki, shu kunlarda mamlakatimizda ikkita, “Fan” hamda “Innovatsion faoliyat” to'g'risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar sifatini yaxshilash hamda ularni amaliyotga joriy etish mexanizmini yaratish maqsadida yangi - Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Shu bilan birga, Prezidentimiz tomonidan farmatsevtika sanoatiga, xususan, xodimlarning malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'ylaymanki, kafedra filialining ochilishi Markaz va Farmatsevtika instituti o'rtasida uzoq muddatli, samarali hamkorlikning boshlanishi bo'ladi hamda talabalarni tayyorlash sifatini va ilmiy ishlarga bo'lgan qiziqishini yanada oshiradi.”