Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Qiziqarli ma'lumotlar/Buyuklar hayotidan

Buyuklar hayotidan

                       Eynshteyn hikmatlari

- Agar baxtli hayotga erishmoqchi bo'lsangiz, qandaydir odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlaringizga sodiq bo'ling.
- Haqiqatni topish hamisha qiyin, lekin yolg'onni ajratish ko'pincha oson kechadi.
- O'z mehnatining natijasini tezroq bilishni istagan odam kosibga borsin.
- Agar muammoning sababchisini qidiraversang, uni hech qachon echa olmaysan.
- Shon-shuhratga berilmasligim uchun taqdirning o'zi menga shon-Shuhrat berdi.
- Intellektni ilohiylashtirmaslik kerak. Uning baquvvat muskullari bor-u, lekin yuzi yo'q.
- Hech bir muammoni u paydo bo'lgan darajada turib hal qilib bo'lmaydi.

            Ilm bilan dunyo topgan milliarder

 

    Amerikalik tadbirkor va jamoat arbobi Bill Geyts nomi butun dunyoga mashhur. Uning asl ismi Uilyam Genri Geyts III. 1955 yilning 28 oktyabrida yirik advokat Uilyam Genri Geyts II oilasida dunyoga keldi. Sietldagi eng yaxshi maktablardan birida o'qidi. U erda dasturlash tilini puxta o'rgandi, tajribasini oshirib bordi. Maktabda o'zi keraksiz deb hisoblaydigan grammatika, jamiyat boshqaruvi va boshqa ayrim fanlarni yaxshi o'zlashtira olmadi, lekin matematikadan "a'lo" baholarga o'qidi. Billdagi g'alati fe'l-atvor ota-onasi va o'qituvchilarini tashvishga solardi. Shu sabab boshlang'ich maktabni tugatayotganida uni ruhshunosga ko'rsatishdi. "Men kompyuter jinnisiga aylangandim. Jismoniy tarbiya bilan umuman shug'ullanmasdim. Yarim kechagacha kompyuter sinfida o'tirar, dam olish kunlari ham dasturlash bilan ovora bo'lardim. Haftaning yigirma-o'ttiz soatini o'sha erda o'tkazardim. Do'stim Poll Allen bilan birga parolni o'g'irlab, tizimni buzganimiz uchun kompyuterni ishlatishdan mosuvo etilganmiz. Butun yoz kompyutersiz qolganman. O'shanda o'n besh-o'n olti yoshlarda edim", deb eslaydi Geyts o'sha paytlar haqida.
     1973 yili Bill Harvard universitetiga o'qishga kirdi, biroq ikki yildan keyin o'qishdan haydaldi. Shu vaqtdan e'tiboran u kompyuter dasturlari yaratish bilan shug'ullana boshladi.
     1975 yili maktabdosh do'sti Poll Allen bilan birga "Micro-Soft" kompaniyasiga asos soldi, bu kompaniya keyinchalik "Microsoft Corporation" nomi bilan butun dunyoga Dong taratdi.
     1994 yilning 1 yanvarida Melinda Frenchga uylandi. Hozir ularning uch nafar farzandi bor - Jennifer Katarin, Rori jon va Fibi Adel.
     1994 yili Leonardo da Vinchi asarlari to'plami – "Codex Leicester"ni sotib oldi. Bu Nodir asarlar hozir Sietldagi san'at muzeyida ko'rgazmaga qo'yilgan.
     2004 yili avtomobil, bo'yoq ishlab chiqarish va to'qimachilik sanoati korxonalarini o'zida birlashtirgan yirik kompaniya – "Berkshire Hathaway" Kengashiga a'zo bo'ldi.
     2005 yili Britaniya iqtisodiyoti va dunyoda qashshoqlik darajasini pasaytirish ishiga qo'shgan hissasi uchun Britaniya imperiyasi risar-komandori ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Amerikaning "taym" jurnali Bill va uning xotini Melinda Geytsni "yil qahramonlari" deb e'lon qildi.
     Beshikdagi bolaning bek bo'lishin kim bilar degan maqol bor xalqimizda. Bir paytlar talabalikka munosib topmay Billni o'qishdan chetlatgan Harvard universiteti ma'muriyati 2007 yil 7 iyunda uni ushbu o'quv dargohining bitiruvchisi deb hisoblash haqida qaror qabul qildi.
     2008 yil 7 yanvarda "Microsoft" korporasiyasi boshqaruvchisi lavozimidan ketib, faoliyatini xayriya ishlariga yo'naltirishini ma'lum qildi. Iyulda esa korporasiyadagi doimiy ishidan mutloq ketib, o'zi va xotini birgalikda tuzgan "Bill va Melinda Geyts jamg'armasi" xayriya tadbirlariga rahbarlik qila boshladi. Shunga qaramay u firmasidan butkul ketgani yo'q, amaliy ishlarga aralashmasa-da, direktorlar kengashi raisi lavozimida, maxsus loyihalarga rahbarlik qiladi. Korxona aktsiyalarning katta qismi – 8,7 foizi unga tegishli.
     Geyts juda oddiy va kamtar hayot kechiradi. Uyining asosiy qismini zamonaviy elektronika asbob-uskunalari egallagan. Shaxsiy kutubxonasining shiftiga Frensis Skott Fisjeraldning "Buyuk Getsbi" romanidan olingan iqtibos yozib qo'yilgan.
     Mashhur ishbilarmonning 1995 yili "kelajakka qadam" va 1999 yili "tasavvur tezligidagi biznes" nomli kitoblari bosilib chiqqan. Har ikki kitob ham axborot texnologiyalari, biznesni boshqarish va ta'lim tizimini yangilashda axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi masalalarga bag'ishlangan. "Tasavvur tezligidagi biznes" kitobi yigirma beshta tilga tarjima qilingan va dunyoning oltmishdan ortiq mamlakatida sotuvga chiqarilgan. Juda ko'p tanqidchilarning ijobiy bahosini olgan, yuqori adadlarda sotilgan. Uning o'zi haqida ham bir necha kitoblar yozilgan, filmlar suratga olingan. Ularda dunyoning etakchi milliarderlaridan birining hayot yo'li, o'y-fikrlari haqida hikoya qilinadi.
     Bill Geyts 1996 – 2007 yillar mobaynida va 2009 yili "Forbes" jurnali hisob-kitoblariga ko'ra sayyoramizning eng boy odami deb topilgan. 2009 yil sentyabrda uning mablag'lari va mulki ellik milliard dollar deb baholangan. Bu mashhur tadbirkor xayriya ishlariga pul ajratish bo'yicha ham etakchi. 1994 – 2010 yillar mobaynida "Bill va Melinda Geyts jamg'armasi"ga yigirma sakkiz milliard dollardan ko'proq mablag'bergan. 2010 yil fevralida esa barcha milliarderlarga murojaat bilan chiqib, boyliklarining yarmini xayriya ishlariga sarflash fikrini ilgari surdi. Bir qiziqarli ma'lumot: ezgulik ishlariga qo'rqmay, ayamay pul ishlatadigan bu tadbirkor har daqiqada 6659 dollar pul topadi.

 

               Bill Geytsning fikrlaridan

Ғоясининг устидан кимдир кулмаса, одам ўз ишига етарлича ижодий ёндашмайди.Biz hamisha yaqin ikki yil ichida yuzaga chiqadigan yangiliklarga ortiqcha baho beramiz, o'n yillar ichida bo'ladiganiga esa unchalik e'tibor qaratmaymiz.
Yaxshi boshqaruvchi-menejerning eng muhim belgisi – har qanday noxush xabarni tik turib qarshi ola bilishidir. U mashaqqatlarni o'zi izlab topib engadi, qiyinchiliklardan qochmaydi. Yaxshi boshqaruvchi oldin nima yomon ekanini aniqlashtiradi, bundan keyingina yaxshisi haqida o'ylaydi.
Elektron entsiklopediyalar mashhurlik borasida o'z ajdodlari – bosma nusxalaridan ancha oldinlab ketdi.
Butun dunyoda – eski garajlarda ham, ilmiy-tadqiqot institutlarida ham hamisha raqobat ketadi.
Menga ajoyib davrlar kelganday tuyuladi. Oldin mo''jiza sanalgan ishlarni amalga oshirish uchun hech qachon bunchalik qulay vaqt bo'lmaganday.
Iste'dodli odamlar salohiyati o'ziga o'xshash kishilar bilan ishlashni istaydi.
Aqlli odamlarni ishga jalb etish va ularni ushlab turish uchun boshqa aqlli odamlar bilan muloqot qilishlariga imkoniyat yaratib berish kerak.
G'oyasining ustidan kimdir kulmasa, odam o'z ishiga etarlicha ijodiy yondashmaydi.

 

 

Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена