Markaz olimlari tomonidan Buxoro viloyati fermerlariga "Porloq-2" g’o’za navlarini yetishtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.
2019 yil 6-7 mart kunlari markazning kichik ilmiy xodimi N.N. Xusenov Urug’chilikni rivojlantirish markazi Buxoro hududiy boshqarmasi hamda Buxoro vilayat hokimligi tomonidan tashkillashtirilgan “Urug’chilik fermer xo’jaliklari” rahbarlariga g’o’za navlari agrotexnik tadbirlarini to’g’ri qo’llash bo’yicha seminarda ishtirok etishib, markazda yaratilgan “Poloq-2” g’o’za navi xususiyatlari hamda nav agrotexnik tadbirlari bo’yicha fermer xo’jaliklari rahbarlariga ma'lumot berishdi. Shuningdek, seminarning yakuniy qismida Urug’chilikni rivojlantirish markazi DUK Buxoro hududiy boshqarmasi mutaxassisi so’zga chiqib, Respulikamizda urug’chilik tizimida qilinayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda qiliniyotgan yangiliklari bilan barcha seminar ishtirokchilarini tanishtirib chiqdi.