Markaz olimlari tomonidan Toshkent viloyati fermerlariga Porloq g’o’za navlarini yetishtirish bo’yicha o’quv seminari tashkil etildi.
2019 yilning 28 fevral kuni Toshkent viloyatida Porloq navlarini ekilishi rejalashtirilgan fermer ho’jaliklari rahbarlari hamda klasterlar agronomlari ishtirokida, Porloq navlarining xususiyalaridan kelib chiqib, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ko’rgazmali o’quv seminarlari o’tkazildi. Tadbirda Markazning ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, b.f.d. Z.T. Buriev, Personallashtirilgan qishloq ho’jaligi ekinlarini o’rganish bo’limi boshlig’i M.M. Darmanov, O’simliklar chidamliligi genomikasi ilmiy hodimlari F.S. Radjapov va B.T. Mullaxunovlar qatnashdilar. Seminarda fermer ho’jaliklari rahbarlari hamda klasterlar agronomlarini qiziqtirgan savollarga javob va kerakli tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, fermer xo’jaliklari rahbarlariga Porloq g’o’za navlarida agrotexnik tadbirlarni qo’llash bo’yicha qo’llanmalar tarqatildi.