Xatirchida Аmir Temur davridan beri yetishtirib kelinayotgan 1000 tup ko’chat ekildi
Shavkat Mirziyoev 2018 yil mart oyida Navoiy viloyatiga qilgan tashrifi chog’ida Xatirchi tumani tokzorlarida yetishtirib kelinayotgan uzum navlarini genetik tahlil qilish bo’yicha ko’rsatma bergandi. Bu haqda «Daryo»ga Genomika va bioinformatika markazi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Genomika va bioinformatika markazi direktor o’rinbosari, biologiya fanlari doktori Zabardast Bo’riev hamda asli navoiylik bo’lgan xodim Ilyosbek Normamatov 2018 yilning 18 - 19 mart kunlari Navoiy tumanining Oltinsoy, Uchqora va Аkmal Ikromov qishloq fuqarolar yig’inlarida bo’lib, dehqon va fermerlar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolarni o’rganishga harakat qildi. Mahalliy uzum navlari yetishtirilayotgan xonadonlar va fermer xo’jaliklari ko’zdan kechirildi.
Batafsil ma`lumot uchun:
daryo.uz
www.xabar.uz