Joriy yilning 20 mart kuni Namangan vil. Chust tumaniga qarashli 30 orta maktabda "Tasavvurimdagi qishlog'im" mavzusida rasmlar tanlovi bolib otdi. Ushbu tanlov akademik shogirdi yol xaritasiga asosan akademik Ibrohim Abdurahmonovning shogirdi Mirzakamol Ayubov tomonidan tashkillshtirildi.
Tanlovda turli yoshdagi o’nga yaqin havaskor rassom o’quvchilar ishtirok etishdi. Navro’z arafasida o’tkazilgan tadbir juda ko’tarinki ruhda o’tdi. Yosh olim o’quvchilarga uztozlari, fan-texnika taraqqiyoti va kelajak rejalari xususida gapirib berdi. Tadbir davomida o’quvchi yoshlar ham o’z qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O’ylaymizki, ushbu tadbir kelajagimiz egalarining qalbiga yangi bir yorug’lik olib keladi va ularda ilm olishga bo’lgan ishtiyoq yanada oshadi.