Innovatsion rivojlanish vazirligi olimlarga xorijiy ilmiy nashrlarda maqola chop etishga yordam beradi.
2019 yil 12-14 iyunь kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida jahonning yetakchi o’quv va ilmiy resurslarini taqdim etuvchi Springer Nature kompaniyasining G’arbiy Yevropa,Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari maslahat kengashi seminar-majlisi bo’lib o’tdi. Unda Innovatsion rivojlanish vazirligi mas'ul xodimlari Shuhrat Otajonov va Baxtinur Xudanov ishtirok etdilar.
Batafsil ma`lumot uchun:
https://mininnovation.uz
Suvi taqchil O‘zbekiston uchun yangi g‘o‘za navi yaratildi.
O‘zFA qoshidagi Genomika va bioinformatika markazida yaratilgan g'o'zaning “Porloq” navi noqulay iqlim sharoiti hamda qurg‘oqchilikka chidamli ekani aytilmoqda.O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazida g‘o‘zaning noqulay iqlim sharoiti hamda qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan “Porloq” navi yaratildi.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.togri.uz
Innovatsion rivojlanish vaziri: «Shu paytgacha ilmni innovatsiyaga aylantirish bilan shug’ullanmadik»
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov ilm-fandan ishlab chiqarishga kirish, fan yutuqlari va tarmoq faoliyatini integratsiya qilish masalasida o’z munosabatini bildirdi.
Xalqaro press klubning Fanlar akademiyasi faoliyatiga aloqador masalalariga bag’ishlangan navbatdagi sessiyasida savollarga javob bergan vazir ilmiy tadqiqot institutlarining achinarli holga kelib qolganini ta'kidlab, buning sababi ishga bo’lgan munosabat bilan bog’liq ekanligini aytdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
https://kun.uz
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg’or texnologiyalar markazida inson o’zak hujayralari banki yaratiladi
Bugungi kunda jiddiy va hayot uchun xavf tug’diradigan xastaliklarni davolashda o’zak hujayralarini transplantatsiyasining samarasi hech kimda shubha tug’dirmaydi. Ilmiy asosli tibbiyotda saraton, neyrodegenerativ, irsiy va qon-tomir kasalliklarini davolashda katta natijalarga aynan o’zak hujayralardan foydalanish orqali erishilishi kutilmoqda.
Batafsil ma`lumot uchun:
http://mininnovation.uz
O'zbekistonning yosh olimlari tomonidan tashkil etilgan yangi ommabop jurnal - aholining fan va texnologiyasini ommalashtirish,
Bir yilda jurnalning 6 tа soni chiqishi kutilib uning rasmiy veb saxifasida маqоlаlаr мuntаzам rаvishdа chop etilаdi.Yosh olimlarning maqolalarini jurnalga chop etish uchun yuborishi mumkinmi, degan savolga Qvant loyihasi menejeri Rauf Salaxodjayev, tahririyat O'zbekistonning ilm-fan rivojiga o'z hissasini qo'shmoqchi bo'lgan har qanday manfaatdor kishilarga ochiq ekanini aytdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
http://mininnovation.uz
Viruslar evolyutsiyani qanday tezlashtiradi
Butun dunyoda uzoq vaqt mobaynida "yo’naltirilgan evolyutsion uslub" dan foydalanib kelinmoqda. Olimlar tirik organizmlarga ta’sir etish orqali, hozirgi vaqtda kerakli bo’lgan xususiyatlarni paydo bo'lishiga erishishadi. Namuna sifatida insulin ishlab chiqaradigan yangi bakteriyalarning turlarini yaratilishini (oddiy bakteriyalar ishlab chiqarmaydigan) ko’rishimiz mumkin. Shu bilan birga,..
Batafsil ma`lumot uchun:
https://hi-news.ru
O’zbekiston olima ayollarining ixtirolarini Janubiy Koreyada Oltin Medalga munosib ko’rildi.
Koreya Ixtirochi ayollari Аssotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 20 iyundan 25 iyunga qadar Janubiy Koreyada XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Аyollar Ko’rgazmasi – KIWIE 2019 o’tkazildi.
Batafsil ma`lumot uchun:
https://daryo.uz
Innovatsion rivojlanish vaziri: «Nufuzli ilmiy nashrlarda maqola chop etish – ilmiy yutuq emas, siyosiy masala»
Nima uchun o’zbekistonlik yetuk olimlarning ilmiy maqolalari dunyoning taniqli jurnallarida kam chop etiladi? Scopus kabi ilmiy loyihalarda nima sababdan o’zbek olimlarining ishtiroki darajasi past, ularning maqolalariga keltirilgan havola-iqtiboslar soni kam?
O’zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov 26 iyunь kuni Xalqaro press-klub sessiyasida mazkur savollarga quyidagicha javob berdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
https://kun.uz
«Endi paxtani odamlar emas, mashinalar teradi».
Olimlar qishloq xo’jaligida yangilikka intilishmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e'lon qilingan grantlar tanlovida «Paxta maydoni agrofonini shakllantirish va klaster asosida paxta xom ashyosini mashina orqali bir terimda yig’ib olish uchun texnik vositalarning tayanch to’plamini ishlab chiqish»...
Batafsil ma`lumot uchun:
https://kun.uz
Markaz Personallashtirilgan qishloq xo’jaligini o’rganish bo’limi mudiri katta ilmiy xodim Darmanov Muxtor Muxammadovich va Struktura va funktsional genomika laboratoriyasi ilmiy xodimi Norov Toxir Mirzoevichlar 12-15 iyun kunlari Qashqadaryo viloyatida Porloq-4 g’o’za navi ekilgan fermer xo’jaliklariga xizmat safarida bo’lishdi.
Prezident sovg’asi
Bugun Genomika va bioinformatika markazida, tayanch doktoranturada taxsil olyayotgan Babadjanova Feruza, Xusenov Naim va Norbekov Jurabeklar Prezident sovg’asi bir xonalik uyning kaliti tantanaliy ravishda Toshkent shaxar xokimi Jahongir Ortiqxo'jaev tomonidan topshirildi
Shavkat Mirziyoyev: Asosiy maqsad – mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 - may kuni ilm-fan va oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi...
Batafsil ma`lumot uchun:
www.pv.uz
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmat xabar berdi. Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z bordi.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.gazeta.uz
“Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik konferentsiyasi
Joriy yilning 16 may kuni O’zR FАning Genomika va bioinformatika markazida “Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari” mavzusidagi IV Respublika ilmiy-texnik konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyaning ilmiy-tadqiqot...
“INNOWOMENWEEK” - Xotin-qizlar innovatsiya xaftaligi
O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish Vazirligi, O’zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi va O’zbekiston ixtirochi ayollar markazi tomonidan 13 -18 may 2019 y. kunlari “Xotin-qizlar innovatsiya xaftaligi” o’tkazilmoqda. Xaftalikning asosiy maqsadi mamlakatimiz xotin-qizlarini innovatsion g’oyalari, loyiha va ishlanmalarini joriy etishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash,..
Batafsil ma`lumot uchun:
uzbekistonovozi.uz