O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmat xabar berdi. Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z bordi.
Shavkat Mirziyoyev import o‘rnini bosadigan va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni ko‘paytirish, sohadagi har bir tashkilot tizimida ilmiy mahsulotlarni bozorbop qiladigan marketing tizimini tashkil qilish zarurligini ta’kidladi.
Ilmiy muassasalarni kelgusi yildan to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan moliyalashtirishga o‘tkazish taklifi olimlar tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Izlanuvchan olimlarni rag‘batlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, byudjet mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilar institutini hamda yurtimiz biologik xilma-xilligini o‘rganadigan dala-tajriba stansiyalari tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.gazeta.uz