Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg’or texnologiyalar markazida inson o’zak hujayralari banki yaratiladi.
Bugungi kunda jiddiy va hayot uchun xavf tug’diradigan xastaliklarni davolashda o’zak hujayralarini transplantatsiyasining samarasi hech kimda shubha tug’dirmaydi. Ilmiy asosli tibbiyotda saraton, neyrodegenerativ, irsiy va qon-tomir kasalliklarini davolashda katta natijalarga aynan o’zak hujayralardan foydalanish orqali erishilishi kutilmoqda.
Batafsil ma`lumot uchun:
http://mininnovation.uz