«Endi paxtani odamlar emas, mashinalar teradi».
Olimlar qishloq xo’jaligida yangilikka intilishmoqda
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e'lon qilingan grantlar tanlovida «Paxta maydoni agrofonini shakllantirish va klaster asosida paxta xom ashyosini mashina orqali bir terimda yig’ib olish uchun texnik vositalarning tayanch to’plamini ishlab chiqish» mega loyihasi ham g’olib. Loyiha kelgusi ikki yilda bajarilishi rejalashtirilib, unga 3,3 mlrd mablag’ ajratildi.
«Loyihadan ko’zlangan maqsad — paxtani sifatli yetishtirish va terib olish. Аlbatta, bu jarayonni bir qancha texnik vositalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bundan ilgari, agrotexnika mashinalari O’zbekistonga chet davlatlardan keltirilgan. Bu katta mablag’ni tashkil etadi. Qolaversa, har bir mashina o’sha mamlakat iqlim va ekinchiligiga moslashtirilgan holda ishlab chiqariladi.
Batafsil ma`lumot uchun:
https://kun.uz