“Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik konferentsiyasi
Joriy yilning 16 may kuni O’zR FАning Genomika va bioinformatika markazida “Genetika, genomika va biotexnologiyalarning zamonaviy muammolari” mavzusidagi IV Respublika ilmiy-texnik konferentsiyasi bo’lib o’tdi. Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyaning ilmiy-tadqiqot institutlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi, shuningdek turli oliy o’quv muassasalarining vakillaridan iborat 100 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o’rinbosari Sharof Rajabboev konferentsiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tilab, tadbirni ochib berdi. Sh. Rajabboev ilm-fan rivoji va uning ta'lim bilan inteuratsiyasida hamda respublikamiz olimlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda mana shunday tadbirlarning alohida ahamiyati haqida so’zladi. U shuningdek hukumatimiz ilm-fanni har tomonlama qo’llab quvvatlayotgani va tadqiqotlar natijalarining tijoratlashtirish uchun imkoniyatlari kengayayotganini ta'kidladi.
Konferentsiyada turli qishloq xo’jaligi ekinlarining genomika va genetika, mikrobiologiya va veterinariya sohalari bo’yicha keng miqyosdagi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari konferentsiyada amaliy va ishlab chiqari biotexnologiyalar oldidagi turgan vazifalar ko’rib chiqildi. O’simliklar va mikroorganizmlar genomikasi, bioinformatikasi va biotexnologiyasi sohasida erishilgan natijalar va yuzaga kelgan muammolar, qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirishiga hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan yangi innovatsion biotexnologiyalarni yaratish va joriy etish istiqbollari muhokamaga qo’yildi.
АQSh Qishloq xo’jaligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi milliy institutining Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va mikrobiologiya milliy dasturi rahbari, fan doktori Maks Teplitskiyning konferentsiyada nutqi ishtirokchilarda alohida qiziqish uyg’otdi.
Ta'kidlash joizki, respublikamizning qator oliy ta'lim muassasalari vakillari ham konferentsiyada faol ishtirok etdilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarning ko’pligi ham alohida qayd etildi.