O’zbekiston olima ayollarining ixtirolarini Janubiy Koreyada Oltin Medalga munosib ko’rildi.
Koreya Ixtirochi ayollari Аssotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 20 iyundan 25 iyunga qadar Janubiy Koreyada XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Аyollar Ko’rgazmasi – KIWIE 2019 o’tkazildi.
Xalqaro ko’rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o’rganish hamda rag’batlantirish maqsadida o’tkazilib kelinmoqda. KIWIE 2019 ko’rgazmasida 30 dan ziyod davlatdan 400 nafardan ortiq ixtirochi xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo’nalishlari bo’yicha o’z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishdi.
Ushbu nufuzli ko’rgazmada, O’zbekiston delegatsiyasi a'zolaridan O’zR FА Genomika va bioinformatika markazi katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi Xurshida Ubaydullaeva markaz olimlari hamda o’zining, gen-nokaut technologiyasi asosida yaratilgan tezpishar, yoqori hosildorlikka ega, uzun va sifatli tolali, qurg’oqchilikka chidamli “Porloq 1”, “Polrloq-2 ” navlariga olingan patenti bilan qatnashdi va ushbu ilmiy ishlanma yuzasidan taqdimot berdi. Bu esa xalqaro ekspertlar tomonidan o’rganildi va Koreya Ixtirochi ayollari Аssotsiatsiyasi Prezidenti MYUNG-HEE, YOON tomonidan munosib baholanib, oltin medal bilan taqdirlandi.
Batafsil ma`lumot uchun:
https://daryo.uz