Maqolada - RNAi yordamida o‘simlik genlarini aniq va qisman boshqarish orqali hosildorlik, sifat, kasallik va stressga chidamlilik kabi bir nechta belgilarni birgalikda yaxshilash mumkin.
«Porloq» tarixi darajasi Genomika va bioinformatika markazining shakillanishiga ham turtki berdi.
Kichik laboratoriya atrofidagi yosh olimlar jamoasi, yangi genetik texnologiyalar va seleksiya ishlari shu asosda Markaz tashkil etildi, zamonaviy sekvenatorlar va boshqa genom asboblari bilan jihozlandi. 2013-yilda Markazning yangi binosi va zamonaviy tajriba stansiyasi ishga tushdi. 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Markaz Fanlar akademiyasi tizimida yanada mustahkamlandi. Bugun ortga qarab aytsak, «Porloq» faqat navlar seriyasini emas, balki butun bir ilmiy maktab va genom texnologiyalari platformasini shakillantirishga xizmat qildi.

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan Genomika va bioinformatika markazida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Markazimizda faoliyat olib borayotgan olimlar, ilmiy xodimlar, yosh tadqiqotchilar zamonaviy ilm-fanning eng ilg‘or yo‘nalishlarida izlanish olib borib, genomika va bioinformatika sohalarini rivojlantirish, yosh kadrlarni tayyorlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Markaz direktori Buriyev Z.T. Barcha xodimlarga o‘zlarining mashaqqatli va sharafli mehnatlari, ilm-fanga bo‘lgan sadoqati, tashabbuskorligi, yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildirib o'tdilar.
Markazimiz faoliyatida alohida tashabbus ko‘rsatgan, bir guruh xodimlarni taqdirlash katta sharafdir.
Taqdirlanayotgan barcha hamkasblarimizni samimiy qutlayman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik, ilmiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi-yangi kashfiyotlar tilayman.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA SOHASIDA XALQARO E’TIROF.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlarining ilmiy-tadqiqot natijalari xalqaro miqyosda yana bir bor e’tirof etildi.
2026-yil 16–18-iyul kunlari Seul shahridagi COEX ko‘rgazmalar majmuasida KIWIE 2026 — Korea International Women’s Invention Exposition xalqaro ko‘rgazma va tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda Markazning Transgenomika va to‘qimalar kulturasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari falsafa doktori Babadjanova Feruza Ikramovna ustozlari bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida yaratilgan innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etdi.
Taqdim etilgan ishlanmalar ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va innovatsion salohiyati uchun xalqaro ekspertlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, OLTIN MEDAL bilan taqdirlandi.
Mazkur yutuq Markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganini namoyon etadi.

GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA SOHASIDA XALQARO E’TIROF.
2026-yil 16–18-iyul kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahridagi COEX ko‘rgazmalar majmuasida “Korea International Women’s Invention Exposition 2026” (KIWIE 2026) xalqaro ixtirolar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda Genomika va bioinformatika markazi Transgenomika va to‘qimalar kulturasi laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori Xurshida Ubaydullayeva Markaz xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan innovatsion ishlanmalar bilan ishtirok etdi.
Taqdim etilgan ishlanmalar tanlovning xalqaro ekspertlar hay’ati tomonidan ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va innovatsion salohiyati jihatidan yuqori baholanib, ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Ushbu yutuq Genomika va bioinformatika markazida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini ko‘rsatadi.

2026 rasmiy hamkorlar konferensiyasi Toshkentga kelmoqda! O'zbekiston hukumati va ICAC tomonidan mezbonlik qilinadigan tadbir 7-oktabr kuni Hyatt Regency mehmonxonasida bo'lib o'tadi va unda ishtirok etish BEPUL. Tafsilotlar va ro'yxatdan o'tish: https://lnkd.in/eht9k7pm
Jahon paxta kuni hamkorlar konferensiyasi o'zining ildizlarini 2019-yilda JST bosh qarorgohida bo'lib o'tgan birinchi Jahon paxta kuni bayramiga borib taqaladi. Yettita xalqaro tashkilot ushbu hamkorlikni bugungi kungacha davom ettirmoqda: ICAC, FAO, IAEA, ITC, UNCTAD, UNIDO va JST. 2026-yilgi Jahon paxta kunining mavzusi "Yaxshilik uchun paxta: Savdo, transformatsiya va sheriklik orqali farovonlikni yaratish" bo'lib, sessiyalar quyidagilarga bag'ishlanadi: Qiymat zanjiri bo'ylab farovonlik Mas'uliyatli ta'minot zanjirlari Investitsiya va innovatsiya * Savdo va transformatsiya Uglerod bozorlari va iqlim moliyalashtirish Ishtirokchilar orasida hukumat amaldorlari, xalqaro tashkilotlar, rivojlanish institutlari, tadqiqotchilar, ishlab chiqaruvchilar, texnologiya yetkazib beruvchilari va global qiymat zanjirining barcha sohalaridan paxta va to'qimachilik mutaxassislari bor.

“O‘zbekiston Iqtisodiy axborotnomasi” tahliliy jurnalining 2026-yil 13-avgustdagi 2-sonida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan “Yangi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi: raqamli transformatsiyadan global raqobatgacha” sarlavhali suhbat e’lon qilindi.
Suhbatda agrar sohani raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda global bozorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalari haqida so‘z yuritilgan.
Shuningdek, intervyuda sun’iy intellekt, dronlar, sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari va raqamli platformalarning qishloq xo‘jaligini boshqarishdagi o‘rni, ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviylashtirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportini oshirish istiqbollari yoritilgan.
Vazir suhbat davomida agrar tarmoqni ilm-fan va innovatsiyalar asosida rivojlantirish, fermer va tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, mahsulot sifatini oshirish hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining xalqaro bozorlardagi mavqeini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar haqida ham fikr bildirgan.
Mazkur suhbatda Yangi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining bugungi holati, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari keng tahlil qilingan.

Yuqori hosildorlikka erishishning sakkiz qoidasi.
O‘zbekistonning “8 qoida”ga asoslangan paxta yetilishini boshqarish modeli yangi kimyoviy preparat emas, balki yangi boshqaruv arxitekturasidir. U bahordan boshlab yetarli tup qalinligi, samarali makro va mikro oziqlanish, stress va o‘sishni boshqarish orqali dalani 1 avgust fiziologik marrasiga tayyorlaydi; keyin qarish (senesensiya) signali → fiziologik defoliatsiya → shartli desikatsiya → o‘z vaqtida terim zanjiriga o‘tadi. Uning ayrim elementlari jahon amaliyotida ma’lum, ammo men qiyoslagan manbalarda aynan shu elementlarni milliy “8 qoida”, aniq mavsumiy marra va ommaviy fermerlik madaniyati bilan birlashtirgan to‘liq tizimni uchratmadim. Qariyb 500 ming gektarlik joriy tatbiq endi uning amaliy signalini o‘lchanadigan ilmiy dalilga aylantirish uchun noyob imkoniyat yaratmoqda.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasida yangi loyiha: Jurnalist va sun’iy intellekt.
Bugungi zamonaviy dunyoda barcha sohalarda sun’iy intellekt yuksalish tendensiyalarini belgilab beruvchi asosiy mezonga aylanmoqda. Mudofaa, sanoat, transport, qurilish, aloqa, qo‘yingki, barcha sohalardan tortib, inson kundalik hayotining turfa jabhalariga SI shiddat bilan kirib bormoqda.
Yillar davomida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini sun’iy aql-idrok soniyalarda bizga taqdim etyapti. Muammolar yechimida eng yaxshi va eng maqbul, aytish mumkinki, aqlbovar qilmas yechimlarni taklif qilayotgani ham bor gap. Hatto dunyo tajribasida hukumat boshqaruvida ham sun’iy aql-idrok imkoniyatlaridan foydalanib, muhim qarorlar qabul qilinayotganini kuzatyapmiz.
Yana bir muhim jihat — jahonning eng nomdor ekspertlari va mutaxassislari ham mavjud reallikka baho berishda, biror tizim yoki ma’lum bir davr xususida xulosa qilishda SIga suyanmoqda. U keltirgan dalil va tahlillarga katta ishonch bildirmoqda. Nainki, u minglab-millionlab manbalarga asoslanib, xolis xulosalar beradi, balki har tomonlama mukammal va obyektiv nuqtayi nazarini ham bayon qiladi.
Endi yana bir muhim gap. Bugun sun’iy intellekt media tuzilmalarda ham o‘z so‘zini ayta boshladi. Ilg‘or yondashuvlarga tayangan ommaviy axborot vositalari allaqachon uning imkoniyatlaridan foydalanishni boshlagan. Biz buni zamonaviy izoh bilan mediakonvergensiya deb ataymiz.
“Yangi O‘zbekiston” gazetasi tahririyati ham o‘zining mediakonvergensiya yo‘nalishidagi ilg‘or an’analarini davom ettirgan holda Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi arafasida yangi loyihani tatbiq etishga kirishdi. Uni “Jurnalist va sun’iy intellekt” deb nomladik.
Endilikda bu rukn ostida turli sohalarda erishilayotgan yutuqlarni, hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklarni, eng muhimi, bu kabi tizimli o‘zgarishlarning odamlar hayotiga ijobiy yoki salbiy ta’sirlarini, nafaqat an’anaviy, balki sun’iy intellekt yordamida ham tahlil qilgan holda e’tiboringizga havola etib boramiz.
Maqsadimiz — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishi kerak degan tamoyil hayotda o‘z aksini qanday topmoqda? Sohalarda qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar qanchalik samarador? Kelgusida yana qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak?
Shu kabi savollarga sun’iy intellekt yordamida javob topishga, kamchiliklarimiz bo‘lsa, ularni tahlil qilishga harakat qilamiz. Bir so‘z bilan aytganda, o‘zimizga o‘zimiz ko‘zgu tutamiz. Zero, bizning harakatlarimizga berilgan xolis baho, u tanqid bo‘ladimi yoki maqtov, har birimizning kelgusi faoliyatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shunday bo‘lishi ham kerak.
Loyihamizning birinchi mavzusini mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasidan boshladik. Gazetamizni muntazam kuzatib borayotgan mushtariylarimiz yaxshi biladi, biz yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ekinlar hosildorligini oshirish, xalqimiz dasturxoniga ekologik toza mahsulotlar yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tanqisligining oldini olish, ularning narx-navosini mo‘tadil ushlab turish borasida qilinayotgan chora-tadbirlar haqida turkum maqolalar e’lon qilib boryapmiz.
Bu kabi maqolalarda, jumladan, 2026 yil paxta mavsumida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan “8 qoida” tizimini joriy etilgani, unda tup qalinligi va ekish sxemasidan tortib, o‘simlik arxitekturasini boshqarish, makro va mikroelementlar bilan muvozanatli oziqlantirish, stressdan himoya, asosiy hosilni erta shakllantirish, qarish (senessensiya) signalini berish, defoliatsiya, desikatsiya va o‘z vaqtida terimgacha bo‘lgan jarayonlar yagona texnologik tizim sifatida qaralayotgani aytilgan.
“Maqsad — g‘o‘zani shunchaki o‘stirish emas, balki uni qisqa mavsum sharoitida o‘z vaqtida pishirib, shakllangan hosilni to‘liq terib olish”, deydi soha mas’ullari.
Bu yondashuvni fermerlarga tushuntirish maqsadida vazirlik va soha vakillari tomonidan ommabop maqolalar chop etildi, onlayn ma’ruzalar, dala seminarlari va amaliy o‘quvlar tashkil etildi. Ularda, xususan, g‘o‘zani bahordanoq shunday boshqarish kerakki, 1 avgust atrofida kelib gektariga kamida 200 ming sog‘lom tup va har bir tupda asosiy hosilga kiruvchi 8–10 ta yaxshi rivojlangan ko‘sak shakllangan bo‘lsin, degan yondashuv ilgari surilmoqda. 1 avgust bu yerda hamma dalaga bir vaqtda preparat sepiladigan sana emas, balki butun mavsum agrotexnologiyasi yo‘naltiriladigan maqsadli fiziologik marradir. Chop etilgan tushuntirishlarda ham qarish signali, keyingi defoliatsiya va desikatsiya O‘zbekistonning qisqa vegetatsiya sharoitida hosilni dalada qoldirmaslikka qaratilgan yagona zanjir sifatida bayon qilingan.

O'zbekiston–UC Berkeley: agrar sohada sun'iy intellekt va innovatsiyalar sari yangi qadam.
AQShning Kaliforniya universiteti - UC Berkeley AMENA Center for Entrepreneurship and Development markazi katta ilmiy xodimi, sun’iy intellekt tadqiqotchisi, professor Yahyo Tabesh bilan uchrashib, qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion ta’limni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.Uchrashuvda agrar sohada AI asosida qaror qabul qilish tizimlari, “aqlli” texnologiyalar va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik.Shuningdek, UC Berkeley bilan ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, professor va ekspertlarni O‘zbekistonga jalb etish, mahalliy mutaxassislar va talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish hamda qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdik.Suhbat davomida sun’iy intellekt innovatsiya parkini tashkil etish bo‘yicha dastlabki konseptual yondashuvni ham taqdim etdik. Mazkur ekotizimda AI texnologiyalarini agrotexnologiyalar, sanoat, energetika, logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Sun’iy intellekt davrida inson kapitalini rivojlantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratdik. Ta’limda texnologik bilimlar bilan bir qatorda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, axloqiy tafakkur va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim.Uchrashuvda ta’kidlanganidek, sun’iy intellekt inson qobiliyatining o‘rnini bosmasligi, aksincha, uni kuchaytirishi kerak.Shu nuqtai nazardan, qishloq xo‘jaligi ta’limida loyiha asosida o‘qitish, amaliy masalalarni hal qilish va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishdik.

AMENA markazi O'zbekiston qishloq xo'jaligi vaziri, professor Ibrohim Y. Abdurahmonovni o'zining Maslahat Kengashiga qabul qildi.
AMENA Markazi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri professor Ibrohim Y. Abdurahmonovni oʻzining Maslahat Kengashining eng yangi aʼzosi sifatida kutib olishdan faxrlanadi. Paxta genomikasi va qishloq xoʻjaligi biotexnologiyasi sohasida yetakchi kashshof boʻlgan professor Abdurahmonov Oʻzbekistonda bir qator yuqori lavozimlarda ishlagan va xalqaro miqyosda eʼtirofga sazovor boʻlgan, jumladan, TWAS mukofoti, YUNESKO-Ekvatorial Gvineya hayot fanlari boʻyicha tadqiqotlar boʻyicha xalqaro mukofoti va Jahon oziq-ovqat mukofoti jamgʻarmasining 2026-yildagi eng yaxshi qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat kashshofi mukofoti. Uning rahbarligi AMENA Markaziy Osiyoda oʻz faoliyatini kengaytirishda qimmatli boylik boʻladi.

Xom toladan tashqari: O'zbekistonning paxtadan to'qimachilikka aylanishi, Transformatsiya.

Jahon oziq-ovqat mukofoti jamg'armasi tomonidan TAP qilinganlar qatorida ekanligimdan faxrlanaman.
Ibrohim Abdurahmonov barqaror va adolatli tizimda oziq-ovqat va tola sifatini, miqdorini va mavjudligini oshirish uchun ilg'or biotexnologiyadan foydalanish bo'yicha bosh reja taqdim etadi. Uning kashshof RNAi texnologiyasi O'zbekistonda 100 000 gektardan ortiq maydonda yetishtiriladigan yuqori sifatli paxta navlarini yaratdi. Bu navlar yuqori sifatli tola sifati va qurg'oqchilik va tuzga chidamliligi bilan birga hosildorlikni 20-30% ga oshirishni ta'minlaydi, fermerlarning turmush darajasini va tabiiy tolalarning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi. Abdurahmonov ushbu genomik platformani bug'doy va kartoshka kabi asosiy oziq-ovqat ekinlariga kengaytirdi. Uning pomidor asosidagi iste'mol qilinadigan COVID-19 vaksinasini inqilobiy ishlab chiqishi oziq-ovqat fanlari va jamoat salomatligining vizyoner uyg'unligini namoyish etadi. Uning iqlimga mos ekinlarni, fermerlarning uglerod savdosi mexanizmlarini va yaxlit HECI ta'lim tizimini joriy etishdagi tizimli rahbarligi O'zbekistonning butun qishloq xo'jaligi sektorini iqlim o'zgarishi va biotik tahdidlarga qarshi mustahkamladi, bardoshli oziq-ovqat tizimi uchun zarur bo'lgan integratsiyalashgan va ta'sirchan hissalarni namoyish etadi. Abdurahmonov O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri.

O‘zbekiston tajribasi Markaziy Osiyodagi ayrim qishloq xo‘jaligi tizimlari va ma’lum darajada barqaror intensivlashtirishga intilayotgan boshqa qishloq xo‘jaligi tizimlari uchun namuna bo‘ladi.
Kengroq qilib aytganda, ushbu tajriba rivojlanayotgan mamlakatlar ham qishloq xo‘jaligi innovatsiyalariga qodir ekanligini va boshqa mamlakatlar uchun foydali tajriba taklif etishi mumkinligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tajribasi Markaziy Osiyodagi ayrim qishloq xo‘jaligi tizimlari va ma’lum darajada barqaror intensivlashtirishga intilayotgan boshqa qishloq xo‘jaligi tizimlari uchun saboqlar beradi.
Umuman olganda, bu holat rivojlanayotgan mamlakatlar qishloq xo‘jaligida ilg‘or innovatsiyalarga qodir ekanligini va shunga o‘xshash rol o‘ynashga intilayotgan boshqa mamlakatlar uchun foydali tajriba taqdim etishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Xitoy Fanlar akademiyasida xorijiy akademiklarni akkreditatsiyadan o'tkazish marosimi va fakultetning xalqaro hamkorlik ishlari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi.
7-iyul kuni tushdan keyin Pekinda Xitoy Fanlar akademiyasining xorijiy akademiklarini akkreditatsiyadan o'tkazish marosimi va fakultetning xalqaro hamkorlik ishlari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi. Xitoy Fanlar akademiyasi prezidenti va fakultet byurosi ijrochi raisi Xou Szyanguo yig'ilishda ishtirok etdi va 2025-yilda Xitoy akademiyasiga yangi saylangan xorijiy akademiklarga sertifikatlar topshirdi.
Uchrashuvda 17 mamlakatdan o'ttiz uch nafar xorijiy akademik va Xitoy Fanlar akademiyasi fakultetining Xalqaro hamkorlik va xorijiy akademiklar bo'yicha ishchi guruhi a'zolari ishtirok etdi.

Quyidan – ilm cho'qqiga: innovatsiyaning yangi zanjiri yohud grant, olim, xonadon, fermer va bozorni birlashtiradigan tizim haqida.
Ilm honadonga qirsa – u hisobot emas, daromadga aylanadi. Ilm farmer dalasiga kirsa - u nazariya emas, ishonchga aylanadi. Ilm bozorga qirsa - u mahulot va xizmatga aylanadi. Ilm xokim qaroriga kirsa – u to'g'ri siyosatga aylanadi. Ilm jamiyatga kirsa - u taraqqiyotga aylanadi. 