🔻Bugun Agrar universitetining konferensiyalar zalida “Butun jahon paxta kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔸Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abduraxmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
💠Shuningdek, yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi direktori, professor Zabardast Bo‘riev, hamda qator xorijiy olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir davomida paxta yetishtirish, seleksiya va biotexnologiya sohasidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar, innovatsion yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
UzRFA Genomika va bioinformatika markazi
📢 E’LON
Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun
Doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul e’lon qilinadi!
Talabgorlarni tanlab olish ixtisoslik bo‘yicha imtihon hamda suhbat natijalari asosida, UzRFA Genomika va bioinformatika markazi qabul komissiyasining tegishli xulosasiga muvofiq amalga oshiriladi.
📌 Eslatma:
Tanlovda ishtirok etish tartiblari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.
📍 Hujjatlar qabul qilish manzili:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2
(Genomika va bioinformatika markazi, doktorantura bo‘limi)
🗓 Qabul muddati:
• Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: 2025 yil 5 oktabrdan 5 noyabrgacha
👉 http://phd.daraja.ilmiy.uz (http://phd.daraja.ilmiy.uz/)
• Hujjatlarni topshirish: 2025 yil 5 oktabrdan 5 noyabrgacha
☎️ Ma’lumot uchun telefon: +998 (97) 490-50-78
Ilm bilan parvarish qilingan paxta – yuqori hosil garovi
🌱 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Olot va Buxoro tumanlaridagi paxta dalalarini ko‘zdan kechirdi. Tashrifda Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Buriev ham ishtirok etdi.
![]()
🌱 Olot tumanida Xitoyning “Chao Zang-88”, Buxoro tumanida esa “Xin Lu Zao 57” hamda mahalliy “Porloq-7” navlari Shinjon agrotexnologiyasi va zamonaviy sug‘orish usullari asosida ekilgan.
⚡️ Yerdan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish va uslubiy qo‘llanmaga amal qilish natijasida dalalarda 60–65 sentner, ayrim maydonlarda esa 2 baravar ko‘p hosildorlik, “Porloq-7” navida esa 45–50 sentner hosil kutilmoqda.
✅ Vazir xorijiy va mahalliy navlarni iqlimga moslashtirish, ilmiy izlanishlarni kengaytirish, mutaxassislar salohiyatini oshirish va dron kabi innovatsion xizmatlarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.