G'o'zaning fitoxrom genlari uchun gen-nokaut, uzum va anorning qator navlari ko'chatlarini in vitro mikroklonal texnologiyasi ishlab chiqilganligi haqda O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari biologiya fanlari doktori Zabardast Bo'riev muxbirlarga so'zlab berdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
uza.uz
Aholining keng doiralarini biologiyaning zamonaviy yo'nalishi - Genomika va O'simliklar biotexnologiyasi sohasidagi ilm-fan yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida 17-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari jurnalistlari uchun press-tur tashkil etildi. Yutuqlar haqidagi taassurotlarni muxbir Sergey Mutin "Tashkentskaya Pravda" gazetasida yozadi.
Bugun, 17-noyabr kuni OʼzR FА Genomika va bioinformatika markazida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Markaz oʼsimliklar, mikroorganizmlar va boshqa organizmlar genomini oʼrganish boʼyicha xalqaro darajadagi zamonaviy ilmiy izlanishlar olib borish va ularni natijalarini amaliyotga tadbiq qilish bilan shugʼullanadi.
Batafsil ma`lumot uchun:
academy.uz
Markaziy Osiyodagi eng yirik onlayn ko‘rgazmalardan biri “InnoWeek.uz 2020” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o'z ishini boshladi. Innovatsion g‘oyalar haftaligida dunyoning 51 dan ziyod mamlakatidan 2000 nafar ishtirokchi, 18 mamlakatdan 83 ko‘rgazma tashkiloti va 39 ma'ruzachi, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniyalar vakillari va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar qatnashadilar.
O'zbekiston dunyo paxtachiligida o'z o'rniga ega bo'lib, paxta tolasini etishtiruvchi yirik mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunga sabab uning yuz yillik selektsion tarixga, yirik genetik kollektsiyaga hamda soha mutaxassislariga egaligi bilan izohlanadi, deb yozmoqda maqola...
7 oktyabr kuni Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo'mitasi (ICAC) hamda Xalqaro paxtachilik bo'yicha tadqiqotchilar uyushmasi (ICRA) tomonidan«paxta vebinarlari» o'z ishini boshladi.
"Xalq so'zi" gazetasining 7 oktyabr sonidagi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abudrahmonovning Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda Uchinchi renessans poydevorini yaratish to'g'risida fikrlari bayon etilgan maqolasini quyida o'qishingiz mumkin:
Batafsil ma`lumot uchun:
mininnovation.uz
Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti gepatit S virusini topganlik uchun berildi. Uni Harvi Olter, Charlz Rays va Maykl Houton qo‘lga kiritdi. Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2020 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Harvi Olter va Charlz Rays hamda britaniyalik Maykl Houtonga berildi. Mukofot gepatit S virusini topganlik uchun taqdim etildi, deb yozadi Nobel qo‘mitasi o‘z saytida.
Batafsil ma`lumot uchun:
kun.uz
Monografiyada genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlarning bioxavfsizligi bilan bog'liq masalalar: GMO yaratish va aniqlash usullari, genetik jihatdan modifikatsiyalangan organizmlardan foydalanish bilan bog'liq inson salomatligi va atrof-muhit uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar va ushbu xatarlardan saqlanish bo'yicha choralar ko'rib chiqilgan.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan yaratilgan "Porloq-1" g'o'za navi bugun Surxondaryo viloyati, Denov tumani "Nurbek Mirzo Muhammad" fermer xo'jaligi dalalarida hosil berdi.
Davlatimiz rahbarining BMTning 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida butun dunyoga murojaat qilar ekanlar, koronavirus pandemiyasi oqibatlaridan kelib chiqqan holda, insoniyatning bu kabi ofatlar oldida naqadar ojiz ekanligini ta’kidladilar. Ushbu mavjud vaziyat yer yuzi aholisini bir-biriga bog’liq ekanligi, barcha xalqlar va millatlar o’zaro hamkorlikka nechoglik muhtoj ekanligini ta’kidladilar.
Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqi yangilanayotgan O'zbekistonda keyingi uch yil davomida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu islohotlar natijasida ezgulik va ma'rifatga asoslangan jamiyat barpo etish yo'lidagi harakatlarni globallashtirishga qaratilgan muhim qadamdir.
Batafsil ma`lumot uchun:
mininnovation.uz
Muhtaram Rais Voʻlkan Bozkir janoblari!
Muhtaram Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari!
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida boʻlib oʻtmoqda.
Batafsil ma`lumot uchun:
uza.uz