GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZI

                  O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

                 

 

flag.png

Home » Markaz tuzilmasi » Milliy muvofiqlashtirish markazi bo'limi

Milliy muvofiqlashtirish markazi bo'limi

Bo’limning maqsadi

Bo’limning maqsadiO’zbekistonda genetik o’zgartirilgan organizmlarning (GO’O)  monitoringi asoslarini rivojlantirish hamda ularning qo’llanilishi va import - eksportining qonunchilik bazasini ishlab chiqish, shuningdek GO’O larni  yaratish va ulardan foydalanish jarayonida potentsial xavf-xatarlarni baholash.

Bo’lim vazifalari

-          GO’O qonunchiligi bo’yicha xalqaro tajribani o'rganish va shunday qonunni, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda O'zbekistonda  ishlab chiqish uchun asoslarni yaratish;

-          Organizmlarni GO’O ga molekulyar sinovdan o’tkazish bo’yicha jahon tajribasini o’rganish va ularni aniqlash usullarini belgilovchi uslubiy qo’llanmani ishlab chiqish;

-          GO’O yaratish va ishlatishda xavf - xatarlarni baholash printsiplari va asosiy normalari bo’yicha jahon tajribasini o’rganish va xalqaro standartlar asosida gen-injenerligi faoliyatining xavf - xatarini baholashning milliy tizimini hamda bu bo’yicha uslubiy qo’llanmani ishlab chiqish;

-          moddiy va kadrlar infrastrukturasini mustahkamlash;

-          xodimlarning malakasini oshirish.