Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Home/Qiziqarli ma'lumotlar/O'zbekiston yosh olimlari va ixtirochilari

O'bekiston yosh olimlari va ixtirochilari

 O'zbekcha kashfiyot: Oshqavoq palagidan bodiring....

е 

Toshkent davlat agrar universiteti dosenti Salohiddin Yunusov oshqovoq poyalarida bodring etishtirdi. Bu haqda O'zA xabar bergan.
"Kasbim taqozosi bilan dehqonlar va fermerlar bilan tez-tez uchrashib turaman. Ular kasalliklarga chidamli, serhosil, eksportbop navlarni so'rab-surishtirishadi. Albatta, dehqon ne mashaqqatlar bilan erga urug'qadaydi, parvarish qiladi. Agar ekin hosilga kirmasdan poyasi sarg'ayib, kasallansa, qanchadan-qancha mehnat chippakka chiqadi. Shunda qovoqni bodringga payvand qilish va bunda ularning ekish muddati va poyasining diametriga e'tibor qaratdik. Bodring qovoqgullilar oilasiga mansub bir yillik ekin bo'lib, qovoq esa nisbatan qurg'oqchilikka va kasalliklarga chidamli bo'lganligi tufayli ularni payvandlash mumkin. Bunda qovoqning bir qancha nav namunalari va bodringning "O'zbekiston – 740" navi o'rganildi", – deydi S.Yunusov. 
Payvandlash usulida ko'chatlarni parvarishlash katta e'tibor talab qiladi. Payvandlangan o'simliklarning kesilgan joyi bitgunga qadar maxsus himoyalangan joyda havo namligini 90-95 foiz va havo haroratining kunduzi 20-25 daraja, kechasi 16-19 daraja bo'lishini ta'minlash uchun 4-6 kun davomida nazorat qilib turiladi. Payvandlangan ko'chatlar bodring etishtirish agrotexnik tadbirlari asosida parvarishlanadi. Bunda ko'chatlar ochiq maydonga qo'sh qator qilib, lentasimon usulda ekiladi. 
"O'tgan yili mana shu payvandlangan bodring ko'chatidan ekkanmiz. Rostini aytsam, avvaliga bu usulda bodring etishtirishdan biroz cho'chiganman. Qanday bo'lar ekan? Shuncha mehnatga kuyib qolmasmikanman, degan xayolga borgandim. Ammo bir gektardan o'ttiz besh tonna hosil olib, hosildorlikdan ko'zlarim quvnadi. Ilgari oddiy usulda bodring etishtirib, gektariga yigirma, yigirma besh tonna hosil olardik. Ba'zida poyasi tez sarg'ayib, kasallanishi oqibatida yana ham kam hosil bo'lardi. Bu bodring poyasi yozning issig'iga chidamli, yuqori hosildorligi, mazali ta'mi hamda uzoq muddatgacha yaxshi saqlanishi bilan bizga ma'qul bo'ldi. Joriy yilda uch gektarda payvandlangan bodring ekamiz. Hozirdanoq ko'plab zavodlar bilan shartnomalar imzolaganmiz", – deydi Andijon viloyati Asaka tumanidagi "Samar Agro zavod" mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari Bahodir Ahmedov.. "Kasalliklarga chidamli, mahalliy iqlim sharoitiga mos, serhosil, ertapishar navlarni yaratish va resurstejamkor etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish olimlarimiz faoliyatining asosini tashkil etadi. Keyingi yillarda universitetimiz olimlari bodringning ochiq maydon uchun oltita, himoyalangan maydonda etishtirish uchun to'rtta yangi navini yaratdi", – deydi S.Yunusov.O'zbekistonda etishtirilgan meva-sabzavotlar dunyoda vitaminlarga boyligi bilan dovrug'qozongan. Avstriya fermerlar tashkiloti tomonidan chop etiladigan Bio Austria jurnalida O'zbekiston ekologik toza mahsulotlar etishtirish borasida ulkan salohiyatga ega ekanligi alohida ta'kidlangan. Unda ushbu sohani yanada rivojlantirish uchun qo'shma loyihalarni hayotga tatbiq qilish zarurligi qayd etilib, avstriyalik sarmoyadorlarning e'tibori O'zbekiston agrosanoat taraqqiyotiga qaratilgan. Mamlakat qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida oziq-ovqat ekin maydonlari kengaytirilib, ularning parvarishida organik, biologik va mahalliy o'g'itlardan foydalanilmoqda. Hatto qayta ishlash, saqlash jarayonida ham sun'iy qo'shimchalar qo'shilishiga yo'l qo'yilmaydi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad bitta: tabiiy va ekologik toza mahsulotlar etkazib berishni ko'paytirish, tarmoqning eksport salohiyatini yuksaltirishdir.

Batafsil ma`lumot uchun
www.kun.uz

O'zbekistonlik yosh ixtirochi....

O'zbekistonlik yosh ixtirochi zaharli gazdan kislorod olish yo'lini kashf etdi.O'zbekiston 27 Fevral 2017 13672 
Qashqadaryolik Feruz Murodinov zavod, korxona va avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazni qayta ishlab, uni kislorodga aylantirib beruvchi qurilma ixtiro qildi. Bu haqda “Ishonch” muxbiri Sulaymon Haydarov xabar bermoqda.

Qurilma ob`yektdan chiqayotgan zaharli SO2 gazini to'sib, uni kislorodga aylantirish bilan bir qatorda sarf bo'layotgan yonilg'ini bir necha barobar tejab qoladi. Foydali ish koeffitsiyenti o'n baravar ortadi, ya`ni 10 litr yonilg'i sarf bo'ladigan ish 1 litr yonilg'i bilan bajariladi. Shuningdek, avtomatik tarzda filtrni almashtiradi va havodagi changni tozalab, tashqariga haydab chiqaradi. Qurilmaning to'rt xil turdagi reaktiv yonilg'i turi bilan ishlashi esa, har tomonlama qulaylik va yengillik yaratadi.

 — Ushbu qurilmani yaratish g'oyasi 8-sinfdaligimda paydo bo'lgan, — deydi Feruz Murodinov. — Kimyo darsligining so'nggi sahifasida D.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalini o'rganish chog'ida organik moddalarning tabiatda tutgan o'rni hamda zaharli gazlarning jamiyatga keltiradigan zarari va buning natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar ushbu loyihaga qo'l urishimga turtki bergan. Bunda dastlab, menga otam va maktabdagi ustozim Sa`dulla Bo'tayev yaqindan yordam berishdi. Qilgan har bir ishim ularning fikri bilan boyib bordi. Besh yil deganda qurilma loyihasi yakuniga yetdi. Endi faqatgina qurilmani yasab, uni ishga tushirish qoldi, xolos. Dvigatel zavodlarda asosiy zaharli gaz chiqish joyi hamda avtomobillarning glushiteliga (shovqinni pasaytiruvchi moslama - tahr.) o'rnatiladi. Uning afzalliklari ko'p. Yonilg'ini tejash, mashina ichidagi havodan changni ajratib, tashqariga chiqarib yuborishda ham foydalanish mumkin.

Ma`lumotlarga qaraganda, inson bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5 kilogramm oziq-ovqat, 2,5 litr suv iste`mol qiladi. Odam o'pkasi esa bir sutkada 13 kubometr havoni yutib chiqaradi. Odam ovqat yemasdan bir oy, suvsiz uch kun yashashi mumkin. Biroq havosiz ikki-uch daqiqadan ortiq yashay olmaydi.

Bundan tashqari, transport vositalaridan chiqadigan is gazi o'simlik va hayvonot dunyosi, suv va tuproqni ham zararlaydi. Ifloslangan havo ta`sirida o'simliklarda modda almashinuvi buziladi, ekinlar va mevali daraxtlar kamhosil bo'lib qoladi. Bugina emas, is gazi tabiatdagi fotosintez jarayoniga ham salbiy ta`sir o'tkazishi aniqlangan.

Ma`lumot o'rnida: Feruz 1996 yilda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanining Langar qishlog'ida To'raqul Do'stov va Maxfirat Ibrohimova xonadonida tug'ilgan. Maktabni tamomlagach, 2011 yilda Chiroqchi yengil sanoat kasb-hunar kollejiga o'qishga kirdi. 2013 yilda Feruz ushbu loyihasi bilan «Yurt kelajagi» iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, g'olib deb topildi va diplom bilan taqdirlandi.O'zbekistonlik yosh ixtirochi zaharli gazdan kislorod olish yo'lini kashf etdiO'zbekiston 27 Fevral 2017 13672 
Qashqadaryolik Feruz Murodinov zavod, korxona va avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazni qayta ishlab, uni kislorodga aylantirib beruvchi qurilma ixtiro qildi. Bu haqda “Ishonch” muxbiri Sulaymon Haydarov xabar bermoqda.

Qurilma ob`yektdan chiqayotgan zaharli SO2 gazini to'sib, uni kislorodga aylantirish bilan bir qatorda sarf bo'layotgan yonilg'ini bir necha barobar tejab qoladi. Foydali ish koeffitsiyenti o'n baravar ortadi, ya`ni 10 litr yonilg'i sarf bo'ladigan ish 1 litr yonilg'i bilan bajariladi. Shuningdek, avtomatik tarzda filtrni almashtiradi va havodagi changni tozalab, tashqariga haydab chiqaradi. Qurilmaning to'rt xil turdagi reaktiv yonilg'i turi bilan ishlashi esa, har tomonlama qulaylik va yengillik yaratadi.

17021352_1120413608080746_6637441846437076238_naszaz1— Ushbu qurilmani yaratish g'oyasi 8-sinfdaligimda paydo bo'lgan, — deydi Feruz Murodinov. — Kimyo darsligining so'nggi sahifasida D.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvalini o'rganish chog'ida organik moddalarning tabiatda tutgan o'rni hamda zaharli gazlarning jamiyatga keltiradigan zarari va buning natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar ushbu loyihaga qo'l urishimga turtki bergan. Bunda dastlab, menga otam va maktabdagi ustozim Sa`dulla Bo'tayev yaqindan yordam berishdi. Qilgan har bir ishim ularning fikri bilan boyib bordi. Besh yil deganda qurilma loyihasi yakuniga yetdi. Endi faqatgina qurilmani yasab, uni ishga tushirish qoldi, xolos. Dvigatel zavodlarda asosiy zaharli gaz chiqish joyi hamda avtomobillarning glushiteliga (shovqinni pasaytiruvchi moslama - tahr.) o'rnatiladi. Uning afzalliklari ko'p. Yonilg'ini tejash, mashina ichidagi havodan changni ajratib, tashqariga chiqarib yuborishda ham foydalanish mumkin.

Ma`lumotlarga qaraganda, inson bir kecha-kunduzda o'rtacha 1,5 kilogramm oziq-ovqat, 2,5 litr suv iste`mol qiladi. Odam o'pkasi esa bir sutkada 13 kubometr havoni yutib chiqaradi. Odam ovqat yemasdan bir oy, suvsiz uch kun yashashi mumkin. Biroq havosiz ikki-uch daqiqadan ortiq yashay olmaydi.

Bundan tashqari, transport vositalaridan chiqadigan is gazi o'simlik va hayvonot dunyosi, suv va tuproqni ham zararlaydi. Ifloslangan havo ta`sirida o'simliklarda modda almashinuvi buziladi, ekinlar va mevali daraxtlar kamhosil bo'lib qoladi. Bugina emas, is gazi tabiatdagi fotosintez jarayoniga ham salbiy ta`sir o'tkazishi aniqlangan.

Ma`lumot o'rnida: Feruz 1996 yilda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanining Langar qishlog'ida To'raqul Do'stov va Maxfirat Ibrohimova xonadonida tug'ilgan. Maktabni tamomlagach, 2011 yilda Chiroqchi yengil sanoat kasb-hunar kollejiga o'qishga kirdi. 2013 yilda Feruz ushbu loyihasi bilan «Yurt kelajagi» iqtidorli yoshlar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etib, g'olib deb topildi va diplom bilan taqdirlandi.

Batafsil ma`lumot uchun
www.kun.uz

O'zbek olimi 3 kilogrammlik limon etishtirdi…

O'zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Muhammadaziz Faxriddinov yaratgan yangi limon navi taxminan uch kilogramm keladi. 

– Markazimiz ilmiy jamoasi yaratgan "O'zXITAN" preparati bu borada qo'l keldi, – deydi M.Faxriddinov. – Yashil qalamchalardan ko'chat tayyorlashda unga shu modda bilan ishlov berildi. Ko'chatda tashqi ta'sirlarga, turli kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo'ldi. Ildiz chiqishi uchun avvallari 60 kun talab etilgan bo'lsa, endi u teng baravarga qisqardi. Mazkur ko'chatlar ikki yil issiqxona sharoitida etilgach, ochiq maydonda ekildi. Uch yil ehtiyotlab parvarish qilinsa, ko'chatning quvvati oshgani sayin uning tashqi ta'sirga chidamliligi oshib boradi.

Yangi limon navi ko'chatlari 10 darajagacha bo'lgan sovuqqa dosh bermoqda, deb xabar berdi O'zA.

 

 

Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена