Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена

Biotexnologik navlar

Markaz olimlari tomonidan RNK-interferensiyasi  texnologiyasi asosida yaratilgan tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan, turli biotik va obiotik stersslarga chidamli "Porloq" seriyasidagi yangi g‘o‘za navlari yaratilgan.

Ushbu yangi navlar o‘zining ko‘plab ijobiy hususiyatlari bilan boshqa g‘o‘za navlardan ajralib turadi. "Porloq" navini Respublikaning barcha hududlarida ekib, ulardan yuqori hosil olish imkoni mavjud.

Ayniqsa, hozirgi kunda Respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxora, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hududlarida "Porloq" g‘o‘za navini yetishtirish uchun eng maqbul hududlar hisoblanadi. 

"Porloq" g‘o‘za navlari Respublika hududidagi keskin o‘zgaruvchan, turli xil noqulay iqlim sharoitlarga chidamliligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi. Bundan tashqari, boshqa g‘o‘za navlariga nisbatan hosil elementlarining ko‘pligi sababli, 18-20 % yuqori hosildorlikka ega. Tola sifati dunyo buyicha o‘rta tolali g'o'za navlari orasida eng yuqori bo‘lib, II va III tipga ega tola beradi.

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida iyun va iyul oylarida ob-havo keskin isib ketishi natijasida ko‘plab g‘o‘za maydonlarida nihollarning hosil elementlarini to'kib yuborishi kuzatiladi. Bunday holatlarda "Porloq" g'o'za navlarida o‘z vaqtida agrotexnek tadbirlar bajarilisa shona va gullarini tashlash xolati kuzatilmaydi. "Porloq" navlarida hosilga kirish intensiv holatda bo‘lib, 30-40 tagacha hosil elementlari to‘playdi. 

Porloq-1 g‘o‘za navi RNK- interferensiya usuli yordamida olingan Koker-312 liniyasi bilan AN-Boyovut-2 navini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan liniyalar orasidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Porloq-1 g‘o‘za navi poyasining balandligi 110-120 sm, shakli konussimon, poyasining tuklanganligi o‘rtacha tuklangan. Barglari o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakli, rangi to‘q yashil, barglar qalinligi o‘rtacha. Gullari och sari

Mualliflik patenti - № NAP 00147, 22.02.2017 y.

Porloq-1

Porloq-2 g‘o‘za navi RNK-interferensiya usuli yordamida olingan Koker-312 liniyasi bilan C-6524 g‘o‘za navini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan liniyalar orasidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Porloq-2 navi poyasining balandligi 100-110 sm, shakli silindrsimon, poyasining tuklanganligi kam tuklangan. Barglari o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakli, rangi to‘q yashil, barglar qalinligi o‘rtacha. Gullari och sariq. Ko‘saklari yirik, ovolsimon uchli, chanoqlar soni 5 ta. Ildiz sistemasi kuchli rivojlangan.

Mualliflik patenti - № NAP 00146, 22.02.2017 y. 

Porloq-2

Porloq-3 g‘o‘za navi RNK-interferensiya usuli yordamida olingan Koker-312 liniyasi bilan Toshkent-6 navini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan liniyalar orasidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Porloq-3 navi poyasining balandligi 100-110 sm, shakli piramidasimon, poyasining tuklanganligi o‘rtacha tuklangan. Barglari o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakli, rangi to‘q yashil, barglar qalinligi o‘rtacha. Gullari och sariq. Ko‘saklari yirik, ovolsimon uchli, chanoqlar soni 5 ta. Erta pishar 100-110 kunda pishib yetiladi. Ildiz sistemasi kuchli rivojlangan.

Mualliflik patenti - № NAP 00148, 22.02.2017 y.

Porloq-3

Porloq-4 g‘o‘za navi RNK-interferensiya usuli yordamida olingan Koker-312 liniyasi bilan Toshkent-6 navini o‘zaro chatishtirish natijasida olingan liniyalar orasidan ko‘p martalik tanlash yo‘li bilan yaratilgan. Porloq-4 navi poyasining balandligi 110-115 sm, shakli piramidasimon, poyasining tuklanganligi o‘rtacha tuklangan. Barglari o‘rtacha kattalikda, 3-5 bo‘lakli, rangi to‘q yashil, barglar qalinligi o‘rtacha. Gullari och sariq. Ko‘saklari yirik, ovolsimon uchli, chanoqlar soni 5 ta. Ildiz sistemasi kuchli rivojlangan.

Mualliflik patenti - № NAP 00149, 22.02.2017 y.

Porloq-4

 

RNK-INTERFERENSIYA TEXNOLOGIYASI YORDAMIDA YARATILGAN YANGI G'OZA LINIYALARI

VILTGA CHIDAMLI G'O'ZA LINIYALARI

Vilt kasalligini qo’zg’atuvchi fitopatogen zamburug’ (Fusarium  oxysporum f. sp. Vasinfectum) g’o’zaga katta zarar keltiradi. Ushbu zamburug’ga chidamli g’o’za navlarini yaratishda molekulyar biologiya va biotexnologik usullarni qo’llash samarador ekanligi olimlar tomonidan etirof etiladi. RNKi (RNK interferensiya) texnologiyasidan foydalanib g’o’zada birinchi bo’lib zamburug’ning jinssiz rivojlanish fazalari (mikrokanidiy, makrokanidiy, xlamidaspor) da muhim bo’lgan FoSTUA va uning ikkilamchi metobolitlari hisoblangan fumonizin hamda fuzarinlarni sintezlovchi  Lae1 genlari nokautga uchratilgan transformant o’simliklar olingan.

FosTUA uz

pART-127_FoSTUA va pHellsGate-8_Lae1 gen-nokaut konstruksiyalari yaratildi va g'o'za o'simligiga transformasiya qilindi. Olingan T0 avlodli transformant o’simliklar fitatron sharoitida tuproq muhitiga moslashtirildi. Dastlab olingan transformant o’simliklarning bargi vilt kasalligiga chidamliligi baholandi.

FoSTUA uz 2 

 Laeuz 2

 FoSTUA uz 3

RNKi texnologiyasi yordamida olingan gen-nokaut o’simliklari vilt kasalligini qo’zg’atuvchi fitopatogen zamburug’ga nisbatan chidamlilik namoyon qildi. Ushbu genotiplardagi qimmatli xo’jalik belgilarini mahalliy navlarga introgressiya qilish maqsadida o’zaro duragaylandi. Hozirda duragay kombinatsiyalarni vilt bilan kasallangan dala maydonlarida ekib chidamliligi o’rganilmoqda.

QURG'OQCHILIKKA CHIDAMLI G'O'ZA LINIYALARI

HASHAROTLARGA CHIDAMLI G'O'ZA LINIYASI

ҒЎЗАНИНГ ЭРТА ГУЛЛОВЧИ ВА ТОЛА СИФАТИ ЯХШИЛАНГАН ЯНГИ
БИОТЕХНОЛОГИК НАВЛАРИНИ ОЛИШ

мир 2

                    Ko‘sak qurtiga chidamli yangi o‘g‘za navlarini yaratish

Biotexnologik usulda olingan, zararkunanda hasharotlarga chidamli bo‘lgan g‘o‘za liniyalaridagi chidamlilik xususiyatlarini, molekulyar seleksiya yo‘li bilan tola sifati va hosildorligi yuqori bo‘lgan, ertapishar g‘o‘za navlariga introgressiya qilish asosida yangi g‘o‘za navlarini yaratish

 

                                          Tadqiqot bosqichlari

 

     Duragaylash;

     Keyingi avlodlarni olish (Fnyoki BCn);

     Genom DNK ajratish;

     Polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tahlili;

     Genotiplash (kerakli gen-marker bilan);

     Olingan ma'lumotlarni taxlil qilish;

     Keyingi bosqich uchun genotiplarni tanlash

                                  

             G‘o‘za tunlami o‘simlikning bargiga, guliga, kosachabargiga, poyasiga tuxum qo‘yadi. 1 ta urg‘ochi kapalak o‘rtacha 500 tadan 3000 tagacha tuxum qo‘yadi. Uning qurtlari o‘z hayoti davomida 10 dan 20 tagacha meva elementlarini zararlashi tufayli g‘o‘za hosilining katta qismi yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Bacillus thuringiensis (CryA/B) bakteriya genlarini g‘o‘za genomiga transformasiya qilish orqali olingan transgen g‘o‘za liniyasini “Porloq” navlariga duragaylash orqali g‘o‘za tunlamiga chidamli biotexnologik g‘o‘za navlari yaratiladi. Biotexnologik g‘o‘za navi tanasidan ko‘sak qurti uchun zaharli ta'sir etuvchi modda ishlab chiqara boshlaydi.

Uch yil muddatda g‘o‘zada ko‘sak qurtiga chidamli yangi biotexnologik navlar yaratiladi va qishloq xo‘jaligiga tadbiq qilinadi.

 

Остались вопросы?
Направьте нам письмо и мы ответим
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Спасибо! Форма отправлена
ИНН: 123456789111
ОГРНИП: 1110987654321
График работы:
с 9:00 до 18:00
Республика Узбекистан, Ташкентская область,
Кибрайский район, ул. Университетская, 2
МЫ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена