Yetmish sentnergacha hosildorlik va 7 ta muhim xususiyat
Ayni daqiqalarda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Baxtiyor, Ne’mat, Shavkat” fermer xo‘jaligida Xitoydan keltirib ekilgan g‘o‘za navlarining agrotexnikasidagi o‘ziga xos jihatlarga bag‘ishlangan dala seminari boshlandi. Seminarda respublikaning barcha hududlaridan Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi a’zolari, soha olimlari, mutaxassislar, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va xitoylik mutaxassis ishtirok etmoqda.
Seminarni kirish so‘zi bilan ochgan Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov hamda professor Zabardast Bo'riyevlar yurtimiz dalalarida parvarish qilinayotgan Xitoy seleksiyasiga mansub g‘o‘za navlarining 70 sentner hosil berishi va 7 ta muhim xususiyati haqida seminar ishtirokchilariga qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qildi.