Joriy yilning 25-iyun kuni Xorazm viloyatida hokimlik mutasaddilari, OʻzRFA Genomika va bioinformatika markazi hamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda Paxta toʻqimachilik klaster vakillari va Fermer xoʻjalik rahbarlariga gʻoʻzani parvarishlash jarayonida ilmiy asoslangan usullardan keng foydalanilgan holda paxta hosildorligi oshirish boʻyicha ilmga asoslangan seminar oʻtkzaildi. Ushbu seminarda "Xorazm Nurafshon Paxtakor" MChJ ga tegishli bir marta shoʻri yuvilgan maydonda parvarishlangan SP-41 gʻoʻza navlarining oʻsib rivojlanishi va suvga boʻlgan talabi koʻrib chiqildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga gʻoʻza parvarishida zamonaviy va ilmiy asoslangan holda biooʻgʻitlardan toʻgʻri foydalanish hamda suv tejamkor texnologiyalardan keng qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.