GENOMIKA VA BIOINFORMATIKA MARKAZI

                  O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi

                 

 

flag.png

Home » Yangiliklar » “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan uchrashuv...

“Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan uchrashuv...

« Back

04.02.2020 17:13

                IMG_0040

                             “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan uchrashuv...

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari va “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mutasaddi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Institut direktori A.Narimanov, laboratoriya mudirlari va ilmiy xodimlar, “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi F.J.Po‘latov hamda kompaniya boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Uchrashuvda Institut olimlari tomonidan yaratilgan bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari urug‘chiligini takomillashtirish, dolzarb yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlar olib borish va amaliyotga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi va ularning yechimiga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar berildi.

                 IMG_0074

Batafsil ma`lumot uchun:
academy.uz