Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Home/Yangiliklar/Turkiya Respublikasi bilan uzumchilik bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Turkiya Respublikasi bilan uzumchilik bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yiladi

« Back

18.05.2022 14:40

18-may kuni O'zbekiston delegatsiyasi Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligi Izmir viloyati mudirligida muzokaralar o'tkazdi. O'zbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig'i Qudratjon  Yusupov, mutaxassis Anvar Mirzaaliev, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari Sherzod Rajabov, Genomika va bioinformatika markazi laboratoriya mudiri Xurshida  Ubaydullaeva va boshqa mas'ullardan iborat delegatsiyani mudirlik boshlig'i Mustafa O'zel qabul qildi. 

Ta'kidlash joizki, Izmir viloyati Turkiyaning to'rtinchi eng yirik qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo'lib, 2,8 mlrd AQSh dollari miqdoridagi eksport ko'rsatkichi bilan mamlakatda 2-o'rinni egallaydi. 380 ming ga qishloq xo'jaligi maydoniga ega ushbu hududda 20 ga yaqin uzum turlari etishtiriladi.

Tomonlar uzumchilik va vinochilik sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlarini, jumladan Turkiyaning sohadagi texnologiyalarini transfer qilish, hamkorlikda “In-vitro” usulida noyob, sovuq va sho'rga chidamli navlarni ko'paytirish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Mudirlik tomonidan O'zbekiston bilan hamkorlik kengaytirilishiga katta qiziqish bildirilib, Qishloq va o'rmon xo'jaligi vazirligining Izmir viloyati mudirligi boshlig'i Mustafa O'zel uzumchilik va uzumni qayta ishlash bo'yicha O'zbekiston va Turkiya hamkorligi katta salohiyatga ega ekanini qayd etdi va mazkur hamkorlik ikki qardosh mamlakatlarning rivojiga xizmat qiladi, deya ta'kidladi.

Uchrashuv so'ngida tomonlar o'zaro aloqalarni yanada kengaytirishga, xususan yuqorida keltirilgan yo'nalishlar doirasida loyihalarni yo'lga qo'yish maqsadida Turkiyaning qishloq xo'jaligi mahsulotlari va texnikalarini ishlab chiqaruvchilari, ilmiy-tadqiqot va laboratoriya muassasalari bilan muzokaralar tashkil etilishiga kelishib oldilar.

photo_2022-05-23_09-54-28             photo_2022-05-23_09-54-18

 


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена