Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/Tola sifati va hosildorligi yuqori boʼlgan “Porloq-4” gʼoʼza navi

Tola sifati va hosildorligi yuqori boʼlgan “Porloq-4” gʼoʼza navi

« Back

04.02.2022 16:20

Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan tola sifati va hosildorligi yuqori boʼlgan yangi gʼoʼza navlari yaratilgan boʼlib, bugungi kunda ushbu gʼoʼza navlari fermer xoʼjaliklari va agroklasterlar tomonidan yetishtirilmoqda.

Xususan, “Porloq-4” gʼoʼza navi 2021-yilda Qashqadaryo viloyatida fermer xoʼjaliklari va agroklasterlar tomonidan 25 ming gektar maydonda yetishtirilib, viloyat boʼyicha eng yuqori koʼrsatgichga yaʼni, gektaridan oʼrtacha 50-55 sentnergacha hosil olishga erishildi. Bu esa “Porloq-4” gʼoʼza navini yetishtirgan fermerlaring yuqori doramadga erishishiga olib keldi.

photo_2022-02-04_14-56-40

Bundan tashqari, viloyatda gʼoʼzaning yangi “Porloq-3”, “Porloq-5”, “Porloq-7” gʼoʼza navlari elita avlodli urugʼliklari yetishtirilib, keng qamrovli sinov ishlari olib borildi va urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarildi. Ushbu gʼoʼza navlari ham Qashqadaryo viloyatining noqulay issiq garmsel shoritiga oʼzining bardoshliligini koʼrsatib, gektaridan 40-45 sentner hosil olishga erishildi. Viloyatning koʼplab fermerlari va agroklasterlari qiziqish bildirib, kelgusi 2022-yil hosili uchun ushbu gʼoʼza navlarni yetishtirish taklif va talablarini bildirdi.

2021-yil mavsumida Qashqadaryo viloyati boʼyicha “Porloq-4” gʼoʼza navidan 1741 tonna urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarildi. Joriy yilda ekish uchun 1000 tonna urugʼlik chigit tayyorlash reja qilingan boʼlib, hozirda urugʼlik chigitlarni qayta ishlash, dorilash va qadoqlash tadbirlari olib borilmoqda

Shuningdek, “Porloq-4” gʼoʼza navi joriy yilda Namangan viloyatida “Porloq Chust” brendini yaratish maqsadida qariyib 500 gektarga maydonda yetishtirilib, yuqori hosil olishga erishildi. Аyniqsa, Chust tumanida ushbu navdan boshqa navlarga nisbatan gektaridan 10 sentnergacha yuqori hosil olishga muvaffaq boʼldi. Bu esa fermerlar va agroklasterning qiziqizishini uygʼotdi va koʼproq ekishga talab va takliflar berildi. Shu sababli joriy 2022-yil hosili uchun tumanning oʼzida 2000 gektar maydonda “Porloq-4” gʼoʼza navi yetishtirish boʼyicha taklifini berdi. Viloyatda 178 tonna urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarilib, 100 tonna urugʼlik chigit tayyorlandi.

“Porloq-4” gʼoʼza navi 2021-yil mavsumida Toshkent viloyatida ham 2000 gektarga yaqin maydonda yetishtirilib yuqori hosildorlikka erishildi. Ushbu gʼoʼza navidan 280 tonna urugʼlik paxta xom ashyosi jamgʼarilib, 2022-yil hosili uchun 140 tona urugʼlik chigit tayyorlanmoqda.

“Porloq-4” gʼoʼza navi tola sifati III-tip ga mansub ekanligi sababli, tekstil sanoatida yuqori sifatli mahsulot olish imkonini bermoqda. Bu esa klarterlarga qoʼshimcha daromad keltirib, paxtachilikda iqtisodiy oʼsishni taʼminlaydi.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена