Заказать
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена
Bosh sahifa/Yangiliklar/QIShLOQ XO'JALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYaLAR MILLIY MARKAZI TAShKIL ETILDI

QIShLOQ XO'JALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYaLAR MILLIY MARKAZI TAShKIL ETILDI

« Back

05.02.2021 12:50

QIShLOQ XO'JALIGIDA BILIM VA INNOVATSIYaLAR MILLIY MARKAZI TAShKIL ETILDI

“Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko'rsatishni yanada rivojlantirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–6159-son, 03.02.2021 y.) qabul qilindi.

🏢 Farmonga ko'ra, Qishloq xo'jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tashkil etildi.
📌 Milliy markaz barcha turdagi davlat ilmiy va OTMning qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi.
️ Qishloq xo'jaligi sohasida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta'minlash bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati yo'lga qo'yildi.
🔰 Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:  
● 2021–2022 yillarda Milliy markazning Respublika agroxizmatlar markazi, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar agroxizmatlar markazlari;
● 2022 yildan boshlab bosqichma-bosqich qishloq tumanlarida Milliy markazning tuman agroxizmatlar markazlari.

🗓 Bundan tashqari, 2021 yil 1 martdan, tajriba tariqasida, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarida tadbirkorlarni jalb etgan holda kichik ilmiy-innovatsion korxonalar tashkil etiladi.
📋 Farmon bilan Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini 2021-2025 yillarda ustuvor rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi.
☑️ Kontseptsiya doirasida, jumladan, Milliy markaz huzuridagi 100 dan ortiq xizmatlarni ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish nazarda tutilgan.

QIShLOQ XO'JALIGI SOHASIDA ILMIY-TADQIQOT INSTITUTLARI TAShKIL ETILDI

“O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–4975-son, 03.02.2021 y.) qabul qilindi.

🔰 Qaror bilan Milliy markaz tizimida quyidagilar tashkil etildi:
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti;
Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi.
🔰 Quyidagilar Milliy markaz tizimiga o'tkazildi:
Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Akademik M. Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti;
“O'zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatining “O'simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati cheklangan jamiyatini davlat muassasasi shaklida qayta tashkil etgan holda.
💼 Milliy markazga qishloq xo'jaligi vazirining o'rinbosari – Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori rahbarlik qiladi.
️ Tajriba-sinov tariqasida Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi OTMlarning kafedra mudirlari bir vaqtning o'zida tegishli ta'lim yo'nalishi bo'yicha ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha o'rinbosari hisoblanadi.
🏢 Qarorga ko'ra, 2021 yil 1 aprelgacha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida Respublika agroxizmatlar, axborot maslahat (extension) markazi tashkil etiladi.
☑️ Shuningdek, qaror bilan 2022 yil yakunigacha Milliy markazning yuqori texnologiyalar asosidagi ko'p tarmoqli Ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini yo'lga qo'yish belgilangan.


Ish vaqti:
Dushanba-Juma 9:00 -18:00
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2-uy
Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz
Рейтинг@Mail.ru счетчик посещений
Связаться с нами
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Ваше имя:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Телефон:*
Ushbu qator to’ldirilishi shart
Галочка*
Скрытое поле:
Спасибо! Форма отправлена