12-dekabr Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida agrar sektorni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan soha vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
2021-yil natijalariga ko‘ra O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining 231 nafar xodimi taqdirlandi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir qator tashkilotlar xodimlari ham mukofotlandi.
Genomika va bioinformatika markazi direktori Buriev Zabardast Tojiboyevich "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi fidoyisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.