Prezident koronavirus bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha xalqqa murojaat qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mahalla va oila masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishining boshida koronavirus muammosiga toʻxtalib oʻtdi. Bugungi kunga kelib ushbu xavfli infeksiya 160 dan ortiq mamlakatda tarqaldi. Dunyo miqyosida kasallanganlar soni 190 ming nafarga yetdi, 7,5 ming oʻlim holati qayd etildi, 81 mingdan ziyod bemor tuzaldi. Epidemiya keng yoyilib ketgani sababli Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti uni pandemiya deb eʼlon qildi. Ming afsuski, bu yuqumli xastalik mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi. Bugungi kunda yurtmizda unga chalingan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
uza.uz