Joriy yilning 1-iyul kuni Genomika va bioinformatika markazi direktori Zabardast Bo'riev, Qishloq xo'jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va bir qancha soha mutaxassislaridan iborat jamoa bilan birgalikda Sirdaryo viloyatidagi “Polytex Sirdaryo” paxta to‘qimachilik klasteri dala maydoniga tashrif buyurdi.
Bu maydonda qariyb 36 gektar mahalliy "Ravnaq-1" navi yetishtirilmoqda. Tashrif davomida esa aynan ushbu agrotexnik ishlar ilmiy yondashuv asosida tashkil etilganligi tekshirildi.
Paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.