O'zR FA Genomika va bioinformatika markazida 06.02.2020 yilda tashkil etilgan iste'molchi tashkilotlar tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha olimlar bilan uchrashuv Ma'lumki, davlat rahbarining 31 yanvar 2020 yilda Murojaatnomada belgilangan 4 ta fan yo'nalishi bo'yicha olimlar bilan bo'lgan uchrashuvida soha bo'yicha qilinayotgan ishlar, muammolar, ularning echimlari to'g'risida gap bordi.
Uchrashuv so'nggida ushbu sohalarni rivojlantirish maqsadida Fanlar akademiyasiga qarashli institutlarni iste'molchi tashkilotlarga biriktirib berish, olimlar bilan iste'molchi tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni muntazam aloqasini ta'minlash bo'yicha topshiriqlar berildi. Shunga ko'ra, Genomika va bioinformatika markazida yuqorida nomlari keltirilgan tashkilot rahbarlarining olimlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirni Genomika va bioionformatika markazi ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari b.f.d. Zabardast Bo'riev olib bordi. Tadbirda “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov, “O'zpaxtasanoat” aktsiodorlik jamiyati boshqaruv raisi Alisher Maqsudov va qator g'o'za klasteri rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy mohiyati olimlar tomonidan yaratilayotgan yangi ishlanmalarni moliyalashtirish orqali ishlab chiqarishga tadbiq etish, bu borada mavjud muammolarni hal etish va iste'molchi tashkilotchilar va olimlar o'rtasidagi aloqalarni doimiy yo'lga qo'yishdan iborat bo'ldi. Tadbirda shuningdek, “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov, “O'zpaxtasanoat” aktsiodorlik jamiyati boshqaruv raisi Alisher Maqsudov hamda g'o'za klasteri rahbarlari so'zga chiqdilar.