O'zbekistonlik mutaxassislar COVID-19 koronavirusini aniqlash bo'yicha test sistemasini ishlab chiqdi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazining biotexnologlari tomonidan COVID-19 koronavirusini aniqlash bo'yicha test sistemasi ishlab chiqildi. Olimlar innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning topshirig'iga binoan, bundan taxminan bir oy oldin virusning butun dunyo bo'ylab tarqalayotgani, virusning O'zbekistonga ham kirib kelish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda test sistemasini ishlab chiqish ustida ish boshlashdi. Test sistemasi COVID-19 virusi genomining uch uchastkasining PTSR usulidagi tahlilga asoslangan va bu o'zbek olimlari tomonidan ishlab chiqilgan test sistemasining xususiyati bo'lib, hozirgi kunda xizmatlarimizdagi mavjud bo'lgan testlar faqat bir uchastka tahliliga asoslangan.
Batafsil ma`lumot uchun:
hudud24.uz