Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi.
Muhtaram Rais Voʻlkan Bozkir janoblari!
Muhtaram Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari!
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida boʻlib oʻtmoqda.
Bunday global falokat sayyoramizda soʻnggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol koʻrsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar oʻzaro bogʻliq ekanini, oʻrtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik oʻta muhimligini isbotladi.
Shu yoʻlda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining oʻzaro saʼy-harakatlarini birlashtirish, umumiy masʼuliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.
Batafsil ma`lumot uchun:
uza.uz