"Oʼzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" loyihasi doirasida qator hujjatlar ishlab chiqildi
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda "Oʼzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" loyihasini ishlab chiqmoqda. Loyiha miqdori 50 mln. АQSh dollarini tashkil etadi. Loyiha quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1-komponent. Tadqiqotlar va tijoratlashtirish sifatini oshirish.
2-komponent. Xususiy sektordagi innovatsiyalarni ragʼbatlantirish.
3-komponent. Ilmiy-texnik tadqiqotlar sohasida siyosatni ishlab chiqish va isloh qilishni qoʼllab-quvvatlash.
4-komponent. Loyihani boshqarish, monitoring qilish va baholash.
Ushbu loyihani tayyorlash davomida quyidagi hujjatlar ishlab chiqildi:
1. Ekologik va ijtimoiy boshqaruv tamoyillari.
2. Mehnat boshqaruvi jarayonlari
3. Manfaatdor tomonlar bilan oʼzaro hamkorlikni rejalashtirish.
Batafsil ma`lumot uchun:
mininnovation.uz