O‘zbekiston Fanlar akademiyasi olimlari antiseptik ishlab chiqishning yangi usulini topdi.
O‘zbek olimlari xitoylik hamkasblari bilan tibbiyotda qo‘llaniluvchi antiseptik vositasini ishlab chiqishning yangi usulini yaratdi, deb xabar beradi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati. Qayd etilishicha, O‘zFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri Baxtiyor Rasulov boshchiligidagi bir guruh olimlar xitoylik hamkasblari (Xitoy fizika-kimyo instituti) bilan hamkorlikda nanobiomateriallar olinib, ularning odamda turli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi patogen mikroorganizmlarga tez ta’sir etishi isbotlandi.
Batafsil ma`lumot uchun:
daryo.uz