Muvaffaqiyatli milliy islohotlardan global rivojlanishga chorlov
Prezidentimizning BMT Bosh Аssambleyasida soʼzlagan nutqi yangilanayotgan Oʼzbekistonda keyingi uch yil davomida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar, shu islohotlar natijasida ezgulik va maʼrifatga asoslangan jamiyat barpo etish yoʼlidagi harakatlarni globallashtirishga qaratilgan muhim qadamdir. Davlat rahbarining ushbu nutqi tarixda ilk bor ona tilimizda yangragani barchamizning koʼnglimizni gʼurur va iftixorga toʼldirdi. Prezidentimizning har bir gaplari va takliflari yangi Oʼzbekistonimizda mehnat qilayotgan, islohotlarga kamarbasta boʼlgan xalqimiz uchun tarixiy voqea boʼldi. Prezidentimiz ushbu tarixiy nutqida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli hayotiy jarayonlarni yorqin dalillar bilan maʼlum qildi. Shuningdek, dunyo hamjamiyati kun tartibida turgan dolzarb masala va muammolarga toʼxtalib, ularning oqilona hal qilinishi borasida konstruktiv yechim va takliflarni bildirdi.
Batafsil ma`lumot uchun:
mininnovation.uz