Koronovirusga qarshi kurashishda yangi imkoniyat: Fanlar akademiyasi kelishuv imzoladi.
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda “E-LINE PRESS” MChJ o’rtasida Kelishuv imzolandi. Ushbu Kelishuv O’zR FAga global elektron ilmiy va ta'lim manbalaridan (DynaMed va Cortellis Drug Discovery Intelligence) 1 oy davomida bepul foydalanish imkonini beradi. Kelishuvdan ko’zlangan asosiy maqsad, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlariga, umuman insoniyatga katta xavf solayotgan COVID-l9 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqqa aniq va ishonchli ma’lumotlar yetkazish, Fanlar akademiyasining reytingini oshirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalarini dunyoning yetakchi nashriyotlari (DynaMed va Cortellis Drug Discovery Intelligence kabi elektron tibbiy ilmiy ma'lumotlar bazalari) bilan ta'minlashdan iborat.
Batafsil ma`lumot uchun:
www.academy.uz