"Genetia, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari" mavzusida konferensiya tashkil etildi
Kuni kecha Respublikamizning turli ilmiy tadqiqot institut olimlari, universitet professor-o'qituvchilari, bakalavr hamda magistr talabalari ishtirokida "Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari" mavzusida konferensiya oʻtkazildi.
Konferensiyada shuningdek, xorij davlat olimlari online tarzda ishtirok etishdi. Seminar yakuni qizg’in savol javoblar bilan yakunlandi. Tadbir so'nggida ishtirokchilar markaz rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.