Kamburova V.S., Shermatov Sh.E., Po'latova L.T. Genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlar muallifligida monografiya nashr etilgan
Monografiyada genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmlarning bioxavfsizligi bilan bog'liq masalalar: GMO yaratish va aniqlash usullari, genetik jihatdan modifikatsiyalangan organizmlardan foydalanish bilan bog'liq inson salomatligi va atrof-muhit uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar va ushbu xatarlardan saqlanish bo'yicha choralar ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, monografiyada GMO dan milliy iqtisodiyotda foydalanishni huquqiy tartibga solishning asosiy jihatlari va ularning xavfsizligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, kitobda ushbu yo'nalishni O'zbekistonda rivojlantirishga oid ma'lumotlar keltirilgan.