Innovatsion rivojlanish vazirligi “Olima ayollar grantlari” tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini e'lon qiladi (40-tur)
Tanlov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2021 yil 26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalari yuzasidan bo'lib o'tgan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar doirasida tashkil etilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi – respublikamizda xotin-qizlarni ilm-fanga keng jalb qilish, fan-ta'lim va iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida ilmiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan xotin-qizlarning yangi g'oya va ishlanmalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish uchun ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan tashabbuskor amaliy va innovatsion loyihalar natijalari bo'yicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, real ehtiyojlari hamda hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy hajmdor mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishdan iborat.
Batafsil ma`lumot uchun:
mininnovation.uz