Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni So'nggi yillarda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani innovatsion rivojlantirish, ilm-fan va ilmiy faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va natijadorligini oshirish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikani innovatsiyalar sohasidagi global reytingdagi ilg'or 50 ta mamlakat ro'yxatiga kiritishga qaratilgan strategik dastur tasdiqlandi, ilmiy loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi, ilm-fan sohasida yuqori malakali kadrlarni moliyaviy rag'batlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratildi.
Batafsil ma`lumot uchun:
uza.uz