Ibrohim Abdurahmonov: "Biotexnologiyalar — XXI asr sanoati.
Zamonaviy biotexnologiyalar inson hayoti sifatini sezilarli darajada yaxshilashi va mamlakat iqtisodiy o'sishining rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Biotexnologiya tufayli yangi samarali diagnostika vositalari, vaktsinalar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari yaratilmoqda, qishloq xo'jaligi ekinlarining, jumladan, don mahsulotlarining hosildorligi oshmoqda. Bu o'z navbatida aholi soni kun sayin o'sib borayotgan kurrai zaminimiz uchun o'ta dolzarbdir.Bundan tashqari, biotexnologiya biomassalarni qimmatbaho mahsulotga — yoqilg'iga aylantirish imkonini ham beradi. Biotexnologiya, amaliy fan sanalsa-da, fundamental ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bog'liq. “Belgilangan xususiyatlarga ega“ organizmlarni yaratish, genetik kasalliklarni davolash, tanadan tashqarida oqsil massasini ishlab chiqarish, organizmga “biologik chiplarni“ joylash— mana shu yo'nalishlarning barchasi murakkab tadqiqotlar, zamonaviy uskunalar va yuqori malakali mutaxassislarni talab qiladi.
Batafsil ma`lumot uchun:
mininnovation.uz